Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Olti karra Olimpiada chempioni saraton bilan kurashayotganini ma’lum qildi

Olti karra Olimpiada chempioni saraton bilan kurashayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Velosport bo‘yicha olti karra Olimpiada chempioni britaniyalik Kris Xoy o‘tgan yili saraton kasalligiga chalingani va hozirda kayfiyati yaxshi ekanligini aytib o‘tdi.

“Menda bir yangilik bor. O‘tgan yili menga saraton tashxisi qo‘yildi, bu menga katta zarba bo‘ldi, shu paytgacha hech qanday alomatlar ko‘rinmadi”, — deydi shotland sportchisi Instagram’ga yozgan postida.

“Hozirda kimyoterapiya va boshqa muolajalar olyapman, shukrki, hozir hammasi yaxshi ketmoqda. Yosh oilam uchun men bu ma’lumotni sir saqlashga qaror qilgandim, ammo endi aytishga majburman.

Menga yordam bermoqchi bo‘lgan barchaga rahmat, ammo bu bilan yolg‘iz o‘zim kurashmoqchiman”, — deydi Kris.

Sprinter Xoy Buyuk Britaniyaning velosport bo‘yicha o‘z davrining eng yorqin sportchisi edi. U Afina, Pekin va London Olimpiadalarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u faoliyati davomida 11 marta jahon chempioni bo‘lgan.

2021 yilgacha Xoy eng sovrindor britaniyalik olimpiyachi edi, ammo Tokio Olimpiadasida yettinchi Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan britaniyalik Jeyson Kenni uni ortta qoldirdi.

“Federasiya senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni yuboradi. Sen albatta yengasan”, — deb sportchiga dalda berdi Britaniya Velosport federasiyasi ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:21, 17.02.2024.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик