Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

"Real"ning ikki futbolchisi keyingi turni o‘tkazib yuboradi

"Real"ning ikki futbolchisi keyingi turni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni "Real" La Liga doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi safar o‘yinida durangga erishdi – 1:1.

Himoyachi Dani Karvaxal qisqa vaqt ichida ikkita sariq kartochka olganidan keyin "Los Blankos" o‘yinni o‘n kishi bilan yakunladi. Endi u Ispaniya chempionatining navbatdagi "Sevilya"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga ham "Sevilya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi - "Rayo"ga qarshi o‘yinda u mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi. Natijada fransuz diskvalifikasiyaga uchradi.

Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" – "Sevilya" uchrashuvi 25 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:01, 18.02.2024.
O'qildi: 5344 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.