Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Neftchi» «Sochi» bilan bu safar murosa ko‘chasini tanladi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga Turkiyada puxta hozirlik ko‘rayotgan «Neftchi» bugun yana bir bor «Sochi» klubi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Birinchi bo‘lim avvalida vakillarimiz faol o‘ynab, 5-daqiqada Jasur Jaloliddinovning mahorati va kuchli zarbasi evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldilar — 1:0. Kiritilgan goldan so‘ng o‘yin surati biroz tenglashdi va har ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Lekin, tanaffusga qadar hisob o‘zgarmay, minimal ustunlik bilan vakillarimiz maydonni tark etishdi.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylarimiz tarkibni deyarli to‘laligicha almashtirishga qaror qabul qilib, zaxiradagi o‘yinchilarni maydonga tushirdilar. O‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ancha faollik bilan harakatlanib, bir necha bor raqiblar darvozasiga xavf solishga urinishdi. Ammo, bellashuvning 61-daqiqasida burchak zarbasiga ega chiqqan rossiyaliklar javob to‘pini kiritishdi — 1:1.

Shundan so‘ng futbolchilarimiz o‘yinida jonlanish yuzaga keldi va uchrashuvning 80-daqiqasida o‘ng qanotdan oshirilgan aniq uzatmaga Behruz Oblaqulov to‘pni to‘xtatmasdan kuchli zarba bilan «Sochi» darvozasiga chiroyli gol kiritdi — 2:1.

Hisobni o‘zgartirish navbati endi rossiyaliklarga o‘tganday bo‘ldi va ular tez-tez qarshi hujumga zo‘r berdilar. Bellashuvning 84-daqiqasida himoyachilarimizdan o‘zib ketgan «Sochi» vakili darvozamizni ikkinchi bor ishg‘ol etib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari o‘zgarishsiz o‘tdi va o‘yin durang 2:2 natijasi bilan yakun topdi.

Xalqaro nazorat uchrashuvi
«Neftchi» – «Sochi» 2:2
Gol: Jasur Jaloliddinov 5′(1:0), G. Saul 62′(1:1), Bexruz Obloqulov 80′(2:1), K Zaika 85′(2:2)
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Zoir Juraboyev, Anvar G‘ofurov, Mirzoxid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov, Javoxir Qaxramonov, Xusayn Norchayev, Muxsin Ubaydullayev, Jasur Jaloliddinov, Katalin Karp, Mixay Roman
Zaxiradan qo‘shilganlar: Bilolxon Toshmirzayev, Diyor Turopov, Doniyor Valiyev, G‘ulom-Haydar Gulamov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboyev, Shohruz Norxonov, Manuchehr Safarov, Bexruz Oblaqulov, Xurshid Muxtorov

«Neftchi» matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 17:05, 19.02.2024.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик