Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Messi Gonkong bilan o‘yinda nima uchun maydonga tushmaganiga izoh berdi

Messi Gonkong bilan o‘yinda nima uchun maydonga tushmaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali videomurojaat tayyorlab, nima uchun Gonkongga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaganiga izoh berdi.

«Gonkongga qarshi o‘yindan keyin men ko‘p narsa o‘qidim va eshitdim. Men bu video orqali aslida nima bo‘lganini tushuntirib bermoqchiman.

Odamlar meni siyosiy va boshqa ko‘p sabablar tufayli maydonga tushmadi, deya gapirishayotganini eshitdim, ammo bu haqiqatga mos kelmaydi. Agar bunday bo‘lganida, men Yaponiya va Xitoyga bormagan bo‘lardim. Faoliyatimning ilk davridan boshlab menda Xitoy bilan yaqin va o‘ziga xos munosabatlar bo‘lgan.

Men matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, mushagimda og‘riq his qildim. Shuning uchun ham Saudiya Arabistonidagi birinchi o‘yinda ishtirok eta olmadim. O‘shanda og‘riqni his qilgandim. Ikkinchi o‘yinda maydonga tushdim, ammo og‘riq kuchayib ketdi. Gonkongga qarshi o‘yindan bir kun avval esa mashg‘ulotga kelganlarni quvontirish uchun bor kuchimni berib harakat qildim.

Oradan bir necha kun o‘tib o‘zimni yaxshi his etdim. Shuning uchun mavsumga jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yaponiyada bahsda o‘ynadim. Formaga kirib olishim kerak edi», – dedi Messi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:06, 20.02.2024.
O'qildi: 1797 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик