Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

De Yongning "Barselona"dagi maoshi soliq va bonuslardan oldin 18-19 million yevroni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi

De Yongning "Barselona"dagi maoshi soliq va bonuslardan oldin 18-19 million yevroni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Frenki de Yongning "Barselona"dagi maoshi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Napoli" bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Barsa" yarim himoyachisi jurnalistlarni maoshi borasida yolg‘on gapirishda ayblagan edi.

Avvalroq futbolchining maoshi yiliga 40 million yevro atrofida ekanligi aytilgandi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi hech bir mavsumda bu miqdorga yaqinlashmagan. Bu va keyingi mavsumda de Yongning belgilangan maoshi soliqlardan oldin yiliga 18-19 million, shuningdek o‘ynagan o‘yinlar va g‘alaba qozongan unvonlar uchun bonuslarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ba’zi mavsumlarda u qo‘shimcha bonuslar oladi. Ulardan biri, eng kattasi, to‘qqiz million.

2020 yilda o‘sha paytdagi prezident Xosep Bartomeuning iltimosiga ko‘ra, futbolchi klubning pandemiya bilan bog‘liq og‘ir moliyaviy ahvoli tufayli to‘lovlarning bir qismini kechiktirishga rozi bo‘lgandi.

O‘sha paytda uning maoshi yiliga 12 million edi. Bir mavsumda u atigi uchta, keyingisida esa to‘qqiztasini oldi. U avvalgi shartnomasi bo‘yicha so‘nggi ikki mavsum uchun kechiktirilgan to‘lovlar sifatida 12 million olgan.

2020 yilda de Yong shartnomasini ikki yilga uzaytirdi, niderlandiyalikning maoshi 18 millionga ko‘tarildi.

Kiritildi: 20:39, 23.02.2024.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.