Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

Roberto Martines Ronalduning nega almashtirilganini tushuntirdi

Roberto Martines Ronalduning nega almashtirilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi bahs (2:1) davomida Krishtianu Ronalduni almashtirish qaroriga izoh berdi.

Ronaldu 81-daqiqada maydonni tark etdi va uning o‘rniga Ruben Nevesh tushirildi.

«Ixtiyorimizdagi turli xususiyatlarga ega futbolchilardan to‘g‘ri foydalanish juda muhim. O‘yin davomida hujumchilarimiz raqib maydonining so‘nggi uchdan bir qismiga yetib borishda qiynalgan palla bo‘ldi. Krishtianu jarima maydonida turgan paytda Gonsalu Ramushning maydonga tushishi raqib markaziy himoyachilari harakatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

Gol urilganidan keyin vaziyat o‘zgardi. Xorvatiya ko‘proq tavakkal qilishiga to‘g‘ri keldi, Modrich va Kovachichning markazdagi hamkorligi kuchaydi. Shu paytda bizga yana bir yarim himoyachi va Xorvatiyaning eng kuchli nuqtasini nazorat qilish kerak edi.

Xorvatiyada tayanch yarim himoyachi yo‘qligidan foydalanib, bir muddat ikki hujumchi bilan harakat qildik. Keyin esa raqib hujumga o‘tishga majbur bo‘lganida, boshqa himoyaviy sxemaga o‘tish vaqti keldi», — dedi Martines.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi. Keyingi bosqichda portugaliyaliklar Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:41, 03.07.2026.
O'qildi: 4186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик