"Barselona"da Xavining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi: Xansi Flik, Roberto De Zerbi, Serxio Konseysau va Immanol Alguasil.
Quyida ushbu 4 nomzodni solishtiramiz.
Uslubning muvofiqligi
Manbalarning ta’kidlashicha, "Barselona" Roberto De Zerbini eng ko‘p qadrlaydi. U himoyaviy yarim himoyachi sifatida o‘ynagan, italyanning uslubini hech kim Pep Gvardioladan yaxshiroq ta’riflay olmadi. 44 yoshli murabbiy "Barsa" DNKsiga to‘liq mos keladi.
Xansi Flik va Immanol Alguasil kataloniyaliklarga ham mos keladi: ular qarshi pressingni, to‘pni ushlab turishni va imkon qadar ko‘proq imkoniyat yaratishni yaxshi ko‘radilar. Serxio Konseysauning o‘yin uslubi juda oddiy, lekin u moslasha oladi.
Yutuqlar ro‘yxati
Alguacil va Konceycau to‘rtta nomzod ichidan eng tajribalilari. Ular mamlakat ichida ham, xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyat qozonishdi, sovrinlarni qo‘lga kiritishdi va Yevropa musobaqalarining so‘nggi bosqichlariga chiqishdi.
Garchi Xansi Flik "Bavariya"dagi faoliyati uchun ardoqlansa-da, uning muvaffaqiyati qisqa umr ko‘rdi va u Germaniya terma jamoasi bilan birga tushkunlikka tushdi.
Roberto De Zerbi o‘z darajasida yaxshi natijalarga erishdi: u Yevropaning o‘rtacha jamoalarida shov-shuv ko‘rsatdi va "Brayton"ni Yevropa Ligasiga olib chiqdi.
Moslashuvchanlik
Kvartetning eng moslashuvchan murabbiyi Immanol Algaucil bo‘lib, u o‘yinchilar orasida kimlar mavjudligiga qarab tuzilmalarni doimiy ravishda sinab ko‘radi.
De Zerbi va Konseysau ham ozmi-ko‘pmi barqaror tarkibga va o‘yin rejalariga ega bo‘lsalar-da, moslashishni xohlashadi. Xansi Flik odatda 4-2-3-1 sxemasiga tayanadi.
Yoshlarga ishonch
Bu mezon bo‘yicha De Zerbining "Brayton"i ajralib turadi. Jamoaning o‘rtacha yoshi 25,7 yosh bo‘lib, joriy mavsumda 21 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar futbolchi maydonga tushdi.
Qolgan uchta murabbiy yoshlik va tajriba uyg‘unligiga tayanadi. De Zerbidan farqli o‘laroq, ular buni birinchi o‘ringa qo‘ymaydilar.
Xansi Flik allaqachon bepul transfer sifatida ko‘riladi, Serxio Konseysau esa mavsum oxirida "Portu"ni tark etishi mumkin.
Qolgan ikki mutaxassis bilan hammasi ancha murakkab: Immanol Alguasil “Sosyedad” bilan amaldagi kelishuvini hurmat qilishini ochiq aytdi, Roberto De Zerbi esa 10-15 million yevro tovon puliga ega.