Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

A Seriyada kim g‘alaba qozonadi: yaqqol favorit bor

A Seriyada kim g‘alaba qozonadi: yaqqol favorit bor

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasi qizg‘in pallada, shu sababli bugun jamoalarning joriy mavsumda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholashga urunib ko‘ramiz.

"Atalanta"

So‘nggi paytlarda Jan Pyero Gasperini jamoasi yaxshi tempga erishdi va ketma-ket beshta g‘alabali seriyaga erishdi. Biroq mavsum o‘rtalariga qadar "Atalanta"da kamchiliklar bor edi, shuning uchun peshqadam "Inter"ga yetib olish deyarli imkonsiz, lekin Chempionlar ligasi yo‘llanmasifa ega chiqish imkoniyati bor.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 2%

"Milan"

Stefano Pioli shogirdlari ham so‘nggi paytlarda yaxshi o‘ynashdi va so‘nggi turda "Monsa"dan (2:4) mag‘lubiyatga uchraguniga qadar to‘qqizta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lishdi. Mavsum davomida OAVlar italiyalik mutaxassisni bir necha bor ishdan bo‘shatdi, ammo u qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Albatta, hozir “Milan” chempionlikka umid qila olmaydi, ammo kumush uchun kurashda “Yuventus” bilan raqobatlashish mumkin.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 13%

"Yuventus"

"Yuventus" 21-turga qadar "Inter" bilan birga chempionlik uchun faol kurash olib bordi va bu vaqt ichida faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi. Biroq so‘nggi to‘rtta o‘yinda atigi ikki ochko jamg‘arib, milanliklarga kubokni taqdim etdi. Aytish joizki, fevral oyi boshida “Yuventus” “Inter”ga yutqazib, peshqadamdan farqni oshirdi. Ayni damda Massimiliano Allegri shogirdlarida 54 ochko bor, “Inter”da esa 63 ochko.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 15%

"Inter"

"Inter" ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. 24 uchrashuvda “neradzurrilar” 20 ta g‘alabaga erishgan, 3 marta durang o‘ynagan va faqat bir uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Bundan tashqari, “Inter” eng ko‘p gol urgan jamoa (59 ta), shuningdek, eng yaxshi himoyaviy jamoa (12 ta gol o‘tkazib yuborilgan) hisoblanadi. Aytish joizki, "Inter" joriy mavsum uchun o‘ziga xos motivasiyaga ega, chunki hozir klub gerbi ustida faqat bitta yulduz bor va bu mavsumdagi chempionlik jamoa tarixidagi yigirmanchi chempionlik bo‘ladi. Italiyada har o‘nta sovrin uchun bir yulduz beriladi, shuning uchun joriy mavsum yakunida "Inter" ikkinchi yulduz sohibiga aylanishi mumkin.

G‘alaba qozonish ehtimoli: 70%

Kiritildi: 16:50, 24.02.2024.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик