"Real Madrid" rahbariyati "Milan"ning chap qanot himoyachilaridan biri Teo Ernandesning futbolchini "qaymoqranglilar" lageriga qaytarish taklifini rad etdi.
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mont X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ernandesning vakili quyidagi so‘z bilan rad javobini olgan: "Biz allaqachon boshqa operasiyada ishtirok etmoqdamiz".