Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Deku: «Barselona» chuqur islohotga muhtoj»

Deku: «Barselona» chuqur islohotga muhtoj»

Baho:
+ | -

«Barselona» 11 fevral kuni o‘z maydonida La Liga autsayderlaridan biri «Granada»ni ham yengolmagach (3:3), Anderson Luis de Souza Deku Nascer do Sol jurnaliga shov-shuvli intervyu berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Barsa» sport direktori klubning hozirgi rivojlanish modeliga shubha bilan qaramoqda. Uning fikricha, jamoada barchasini mutlaqo o‘zgartirish zarur...

— Aytingchi, «Barselona»ning bunday beqaror o‘yiniga sabab nima?
— Klubni rivojlantirishning yangi yo‘nalishi juda muhim. Bu masalada jamoa prezidenti men bilan bir xil fikrda: chuqur islohotlar zarur. Axir amaldagi metodika o‘zini oqlamadi. Avvalo, mavjud o‘yin tizimidan birdaniga butunlay voz kechib, yangi piradigmaga asos soladigan mutaxassis topishimiz kerak. Mana, Xavi iste’fo bo‘yicha ariza yozdi. U joriy mavsum yakunigacha qoladi, lekin ishini davom ettirolmaydi. Chunki jamoaga talab darajasida o‘zgarishlar kiritishga qodir emasligini aytdi. Shunday ekan, hozirdan keskin yangilanish zarurligi haqidagi xulosani qabul qilishimiz kerak. Umumiy ahvol shu qadar ayanchliki, hattoki, Xavining o‘zi ham klub yangi yo‘nalishga muhtojligini ta’kidlamoqda. Demak, avvalo, munosib murabbiy topishimiz talab etiladi. Xo‘sh, kimni tanlaymiz? Aynan shu masala — katta muammo. Asosiysi, bu borada prezident bilan hamfikrmiz. Ha, «Barselona» paradigmasi vakili hisoblangan Xavining klubdan ketishi achinarli. Ammo haqiqat shuki, endi zudlik bilan yechim topishimiz kerak.

— Yurgen Klopp nomzodi bormi?
— Unutmaylik, u murabbiylik faoliyatida tanaffus olishini, ma’lum muddat hordiq chiqarishni xohlayotganini aytdi.

— Umuman, yangi murabbiy topishda qanday muammo bor?
— Bizda moliyaviy tomondan jiddiy muammolar ko‘ndalang... Meni ishga yollashganining asosiy sabablaridan biri ham shu. Tushuning, hozir boy klublar kabi transferlarga katta mablag‘ ajratolmaymiz. Ushbu holat esa birdaniga natija ta’minlashni xohlaydigan har qanday murabbiyni o‘ylantirib qo‘yadi. Afsuski, yangi murabbiyga tarkibni o‘zi istaganchalik shakllantirish uchun yetarli mablag‘ topib berolmaymiz. Har holda, ayni bosqichda shunday.

— Ruben Amorim ham katta transferlar so‘raydimi?
— Nazariy jihatdan qarasak, har narsa bo‘lishi mumkin, albatta. Gap portugaliyalik murabbiy haqida ketmoqda, to‘g‘rimi? Endi aytingchi, portugaliyalik qaysi murabbiylar «Barselona»da, ayniqsa, shunday muammolarga o‘ralgan «Barselona»da javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga tayyorlar? Ayting, kim? Bilaman, Ruben Amorim «Sporting»da yaxshi ishlayapti, qolaversa, uning uslubi ham «Barsa»nikiga o‘xshash. Ikkinchi tomondan, tajribasi hali ancha kam.

— Harqalay, qandaydir rejalar bordir...
— Ayni holatda hozirgi lo­yihamiz taqdirini bilmaymiz, klubning qaysi yo‘nalish bo‘yicha ketishi ham aniq emas. Lekin «Barselona» o‘zgarishlar jarayoniga qaramay, uzoq vaqt g‘alabasiz qololmaydigan klub hisoblanadi. Yaqinda Ispaniya kubogida «Atletik»ka yutqazdik va o‘ylaymanki, bu oxir-oqibat, foydamizga ishlashi mumkin. Chunki endi faqat milliy chempionat va CHLga e’tibor qaratamiz. Yevroarenada esa «Napoli» bilan o‘ynashimiz kerak — raqib oddiy emas. Yana bir haqiqat shuki, La Liga turnir jadvali yuqori nuqtasidan tobora uzoqlashmoqdamiz. Demak, keyingi mavsum CHLdan chetda qolmaslikni ham o‘ylashimiz, ruhiyatimizni tezroq tiklashimiz kerak. Ochig‘i, hammasi juda tez o‘zgarib ketdi.

— Klubning orqaga ketayotganida «Kamp Nou»ni yangilash loyihasi ta’siri ham bormi?
— Ko‘pchilik hukumatdan katta mablag‘ ololmaydigan klublar bilan nimalar sodir bo‘lishini unutib qo‘yadi. Jamoa kengashi stadionni qayta qurishni o‘z ichiga olgan yirik loyihaga qo‘l urdi. Tabiiyki, bu katta xarajat talab qiladi. Albatta, yangilangan «Kamp Nou» ham barcha «barsachilar» uchun g‘urur manbaiga aylanadi. Ammo loyiha klubning transferlar siyosatiga ta’sir etadi, baribir. Bilaman, hamma «Barselona»ni har yili yangi-yangi futbolchilarni tarbiyalaydigan ijodiy klub sifatida ko‘radi. Lekin bu jarayon juda mashaqqatli va samarasini ko‘rish uchun kuchli sabr kerak. Axir bir guruh bolalarga shunchaki, «Barselona» futbolkasini kiydirib, ulardan birin-ketin sovrinlar yutishlarini talab qilolmaysiz-ku...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 26.02.2024.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.