Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Berdiyev eski “Nasaf”ni tiklamoqda, biroq bonusi bilan…

Berdiyev eski “Nasaf”ni tiklamoqda, biroq bonusi bilan…

Baho:
+ | -

“Nasaf” jamoasi bir necha mavsumdan beri “Paxtakor”dan Superliga chempionligini tortib olishga jiddiy harakat qilmoqda. Biroq, qarshiliklar mavsum oxirida kutilmagan tarzda doimgidek, “Paxtakor”ga chempionlikni berib qo‘yishmoqda.

Shu sababli “Nasaf” 2024 yilgi mavsum oldidan ko‘plab legioner futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, avval “Nasaf” safida yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarni ham klubga qaytardi.

Keling! “Nasaf” jamoasi yangi mavsum oldidan amalga oshirgan transferlarga to‘xtalib o‘tsak (Avvalroq “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari amalga oshirgan transferlar haqida ham material e’lon qilgan edik).

1 — Temur Chogadze — Yarim himoyachi

Chogadze 1998 yil Gruziyada tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Soburtalo”, “Dinamo” Batumi, “Rustavi”, “Torpedo” Kutaisi, “Olimpik” Donetsk, “Ingules”, “Telavi”, “Garga” hamda “Shaxtyor” Karaganda jamoalari safida harakat qilgan. Temur o‘zi to‘p tepgan jamoalari safida umumiy 154 o‘yinda ishtirok etib, 17 gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Temur Chogadze Gruziya U-19 va U-21 terma jamoalarida ham harakat qilgan.

2 — Viktor Da Silva — Yarim himoyachi

Braziliyalik futbolchi Viktor Da Silva 1995 yilda tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Chievo”, “Leskara”, “Bereskia”, “Teramo”, “Istra 1961", “Perugia”, “Lupa Roma”, “Fermana”, “Fano”, “Virtus Verona”, “Vllaznia”, “Tirane” kabi jamoalar safida to‘p tepgan. Da Silva ushbu jamoalar safida 186 o‘yinda maydonga tushib, 34 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

3 — Igor Golban — Himoyachi

Avval ham “Nasaf” safida faoliyat oli borgan Igor Golban qarshiliklar safiga yana qaytdi. Ushbu himoyachi “Navbahor” safida o‘tgan mavsumda yaxshi harakat qildi. Shu sababli Berdiyev uni jamoasiga qaytardi va bir mavsumlik shartnoma imzoladi.

Igor Golban 1990 yil Sochi shahrida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Sochi-04", “Jemchujina-Sochi”, “Lokomotiv” Moskva, “Sigma”, “Shinnik”, “Ximki”, “Sochi”, “Qo‘qon-1912", “Nasaf” va “Navbahor” safida harakat qilgan. U ushbu jamoalar safida umumiy 276 o‘yinda ishtirok etib, himoyachi bo‘lishiga qaramasdan 24 gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Golban Rossiya U-19, U-21 hamda O‘zbekiston terma jamoasida bir nechta o‘yinlarda ishtirok etgan.

4 — Zoran Marushich — Hujumchi

Serbiyalik hujumchi 1993 yil tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Sloga”, “Vojdova”, “Slaviya”, “Krupa”, “Borcha”, “Temnich”, “Sloboda”, “Dnyapro”, “Nema”, “Dinomo”, “Navbahor”, “Dinamo” Tiblisi” kabi jamoalarda to‘p surgan. Marushich ushbu jamoalar safida 301 o‘yinda ishtirok etgan va 72 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

5 — Bobir Abdixoliqov — Hujumchi

O‘zbekistonlik futbol muxlislariga tanish bo‘lgan Bobir Abdixoliqov yana “Nasaf” safiga qaytdi. Xabaringiz bor, Abdixoliqov 2015 yildan 2020 yilgacha “Nasaf” safida ajoyib mavsumlarini o‘tkazib legionerga aylangan edi.

Nasaf

Ma’lumot uchun, Abdixoliqov 1997 yil Koson tumanida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Nasaf”, “Energetik-BGU”, Ordabasi” jamoalarida to‘p surgan. Hujumchi ushbu jamoalar safida umumiy 182 o‘yinda ishtirok etib, 80ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Bobir O‘zbekiston U-19, U-23 va milliy terma jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, Abdixoliqov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan 2018 yil Osiyo kubogida zafar quchgan.

6 — Sharof Muhitddinov — Yarim himoyachi

“Nasaf” yakunlangan transferlar oynasida qarshiliklar akademiyasida tahsil olib, asosiy jamoada porlagan holda boshqa jamoaga o‘tgan futbolchilarni qaytarishga urindi. Ulardan biri bu Sharof Muhitdinov bo‘ldi.

Sharof Muhitdinov 1997 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Nasaf”, “Paxtakor”, “Sanat Naf” hamda “Neftchi” jamoalarida to‘p surgan. Yarim himoyachi ushbu jamoalar safida 154 o‘yinda ishtirok etib, 18ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Sharof Muhitdinov O‘zbekiston U-19, U-23 hamda milliy terma jamoamizda to‘p surgan.

7 — Islom Kenjaboyev — Yarim himoyachi

“Nasaf” akademiyasining yana bir mevasi Islom Kenjaboyev qarshiliklar safiga qaytdi. Ushbu yarim himoyachi bilan “Nasaf” ikki yillik shartnoma imzoladi.

Islom Kenjaboyev 1999 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida “Nasaf”, “Jeju Yunayted”, “Qizilqum”, “Navbahor” kabi jamoalarda to‘p surgan va 130 o‘yinda maydonga tushib, 22 gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Kenjaboyev O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surib kelmoqda. Biroq, u milliy jamoada 3 o‘yinda ishtirok etgan xolos.

Ko‘rib turganingdek, “Nasaf” ancha saviyali futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, ko‘plab futbolchilar bilan ham shartnomani uzaytirdi.

Aslida “Nasaf” akademiyasidan chiqqan futbolchilarning jamoaga qaytarilishiga asosiy sababchi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘ldi. Chunki Berdiyev ham “Nasaf” bilan shartnomasini uzaytirdi va ushbu jamoani O‘zbekiston Superligasida chempion qilish uchun yana urinib ko‘rishini ma’lum qildi.

Superliga. “Nasaf” kambek evaziga g'alabani ilib ketdi, “Neftchi” o'zida  “Bunyodkor”ni mag'lub etdi — Daryo Yangiliklari

Biroq, “Nasaf” ham bir nechta iqtidorli futbolchilari bilan xayrlashdi. Masalan, Umarbek Eshmurodov, Husniddin Aliqulovlar jamoaning asosiy futbolchilari va himoyadagi ishonchli qo‘rg‘onlar edi. Bundan tashqari o‘tgan mavsumda legionerlarga qaraganda foydaliroq harakat qilgan Azizbek Omonov ham ushbu jamoani tark etdi.

Lekin yuqorida sanab o‘tganimizdek, “Nasaf” himoya chizig‘iga ham, yarim himoyaga ham, hujumga ham yetarli darajada futbolchilarni olib keldi. “Berdiyev ushbu transferlar bilan nafaqat eski “Nasaf”ni tikladi, balki bonusga ham ega bo‘ldi. Ya’ni legionerlar bilan birga jamoani yanada kuchaytirdi.

Xulosa qilsak, “Nasaf” chempionlik uchun jiddiy harakat qiladi va avval sanab-o‘tgan jamoalarimiz, “Neftchi” va “Navbahor”ga jiddiy bosh og‘riq bo‘ladi. Chunki “Nasaf” ham “Neftchi" va “Navbahor” singari ko‘plab transferlari amalga oshirdi. Bundan ko‘rinadiki, 2024 yilgi mavsum avvalgilariga qaraganda ancha qiziqroq va murosasiz bo‘ladi. 

Manba: std.uz
Kiritildi: 16:25, 29.02.2024.
O'qildi: 6383 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.