"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker APLning 27-turida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Foden mutlaqo yuqori darajada o‘ynadi. U o‘zi uchun shunday standart qo‘yadi. Bu murabbiy unga qo‘ygan standart. U buni hozir davom ettirishi kerak. Biz Fodenni snayper deb ataymiz. U jamoa uchun o‘ynadi. Biz unga tayanamiz. Bizga kuchli o‘yinchilar kerak. U mashg‘ulot o‘tkazadi va qattiq ishlaydi", - dedi Uoker Sky Sports bilan suhbatda.