Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Superliga va Proliga klublari shartnomalar masalasida rasman ogohlantirildi

Superliga va Proliga klublari shartnomalar masalasida rasman ogohlantirildi

Baho:
+ | -

Professional futbol klubi va futbolchi o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari masalasi yildan-yildan tartibga solib kelinmoqda. Shunga qaramay, O‘FA tegishli qo‘mitalariga kelib tushayotgan shikoyatlar mazmuni ba’zi kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘yadi.

Aksar holatlarda klub futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining barcha nusxasini o‘zida saqlashga harakat qiladi va turli bahonalar bilan uni futbolchiga taqdim etmaydi. O‘z huquqlari himoyasini tegishli shaxs yoki tashkilotlarga taqdim etgan futbolchilar esa klubdan shartnomani 4 nusxada tuzishni talab qiladi va u imzolangan kuniyoq uning bir nusxasini o‘zida qoldiradi.

Liga O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan keyingi to‘rt yilda qator loyihalarni amalga oshirdi. Bu esa yuqoridagi kabi holatlarni keskin kamaytirdi. Navbatdagi qadam sifatida Liga klublarga rasmiy murojaat bilan chiqib, joriy yilning 31 mart sanasiga qadar mehnat shartnomasining tegishli nusxasini futbolchi va murabbiylarga taqdim etish shartligini ma’lum qildi. 1 apreldan boshlab mazkur talab ijrosini o‘z vaqtida bajarmagan futbol klubi jarimaga tortilishi belgilandi.

Shuningdek, Liga klublarni shartnomalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar masalasini tartibga solishga chaqirdi. Aksar holatlarda klub va futbolchi, klub yoki murabbiy shartnomaga qo‘shimchalar kiritadi, biroq mazkur shartnoma 20 kun ichida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu kabi holat klubga nisbatan sanksiyalar kiritilishiga olib keladi. Ayni vaqtda Superliga klubini boshqargan rahbarlardan biri bu kabi ishlar ortidan sudda javob berayotganligini unutmaslik kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:06, 04.03.2024.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.