"Arsenal" futbolchisi Bukayo Saka Krishtianu Ronalduning futboldagi uzoq yillik karyerasi haqida gapirdi. Fevral oyida portugaliyalik o‘zining 39 yoshini nishonladi.
"Men u kabi uzoq yil o‘ynashni tasavvur qila olmayman. Yoshligimda Ronaldu mening kumirim edi. Hozir professional darajada futbol o‘ynaganimdan keyin unga nisbatan hurmatim yanada ortdi. U qanday qilib intizomli va diqqatini jamlagan holda, erisha olgan narsalaridan hayratdaman”, dedi Saka.
2023 yil boshidan buyon Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida “An-Nasr” safida to‘p tepmoqda.