"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines jamoadoshi Lamin Yamalni maqtadi. Juma kuni 16 yoshli vinger kataloniyaliklarga “Malyorka” ustidan g‘alaba keltirdi va o‘yindagi yagona golni 73-daqiqada kiritdi.
"Lamin - o‘ziga xos futbolchi, bunday iqtidorga yegalar juda kam. Umid qilamizki, u xuddi shunday ruhda davom yetadi, lekin biz unga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak, chunki u juda yosh", - dedi Martines o‘yindan keyingi intervyusida.
Lamin Yamal iyul oyida o‘zining 17 yoshini nishonlaydi. Futbolchining "Barselona" asosiy jamoasidagi debyuti o‘tgan mavsumda, futbolchi 15 yoshda bo‘lgandi.