Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Buxoro davlat universiteti jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Buxoro davlat universiteti jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Universitetlar qoshida tashkil etilayotgan futbol jamoalari tobora katta futbolga yaqinlashmoqda deyish mumkin. 20 fevral kuni Farg‘ona davlat unirvesiteti Birinchi liga ishtirokchisiga aylangandi. Endilikda Buxoro davlat universiteti Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Buxoro DU 2023 yil Buxoro viloyati ichki musobaqasida munosib ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Universitet jamoasi Liga Ustaviga asosan barcha talablarni bajarishga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli Qarorida davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish, har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalari bo‘lishi hamda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur holatlar inobatga olinishini nazarda tutish alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Professional futbol ligasi oliy ta’lim muassasalari qoshida sport jamoalari tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bugungi sanani ham o‘zi uchun tarixiy sanalardan biri sifatida e’tirof etadi. O‘z navbatida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidovga futbolga bo‘lgan e’tibori uchun minnatdorchilik bildiramiz.  

Buxoro davlat universitetining mini futbol jamoasi 2022 yilda o‘tkazilgan Coca-Cola Students cup musobaqasida ishtirok etgan bo‘lib, uning respublika bosqichida chorak finalga qadar etib borgandi. Ishonamizki, universitet endilikda katta futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lib boradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:32, 11.03.2024.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.