Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ronaldo: "Agar Xoland, Mbappe va Bellingem "Real"da bo‘lsa..."

Ronaldo: "Agar Xoland, Mbappe va Bellingem "Real"da bo‘lsa..."

Baho:
+ | -

"Real"ning sobiq futbolchisi Ronaldo Madrid klubiga aloqadorligi aytilayotgan hujumchi Erling Xoland haqida gapirdi.

"Real Madrid" siyosati dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilarga ega bo‘lishdir. Xoland eng yaxshilaridan biri. Hamma uni jamoada ko‘rishni xohlaydi. "Manchester Siti" ajoyib ish qilyapti, menimcha, Xoland u yerda baxtli.

Umid qilamanki, biz bu yulduzlarning barchasini bitta klubda ko‘ra olamiz. Agar ular "Real"da birlashsa, bu menga "Galaktikos"ni eslatadi. Bu o‘yinchilarning birgalikda ishlashini ko‘rish zo‘r bolar edi. Bu ajoyib natijalarga erishadigan aqlbovar qilmaydigan jamoa bo‘ladi.

Lekin o‘ylaymanki, Karlo Anchelotti uchun bu barcha futbolchilarni boshqarish qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga, yomon o‘yinchilardan ko‘ra, yaxshi futbolchilardan iborat tarkibni yig‘ish osonroq. Bu murabbiy uchun katta muammo bo‘lmaydi", - deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Kiritildi: 18:43, 11.03.2024.
O'qildi: 15278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик