Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Misrda futbolchining yuragi maydonda to‘xtab qoldi. Uning ahvoli hali ham beqaror (video)

Misrda futbolchining yuragi maydonda to‘xtab qoldi. Uning ahvoli hali ham beqaror (video)

Baho:
+ | -

Muhammad Salohning termadagi sobiq jamoadoshi Ahmad Refat maydonda yurak xurujiga uchradi va Misr chempionati o‘yinni dahshatli voqea sabab to‘xtatdi.

Misr terma jamoasi safida 9 marta o‘yin o‘tkazgan 30 yoshli forvard dushanba kuni Iskandariyaning “Ittihod” jamoasiga qarshi o‘yinda qatnashishi kerak edi. U o‘sha o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.

KingFut tomonidan e’lon qilingan bayonotda shunday deyiladi: “Ahmad Refatning yuragi stadion yaqinidagi Zamzam kasalxonasi tibbiy xodimlarining barcha urinishlariga qaramay bir soatdan ko‘proq vaqt davomida to‘xtab qoldi. Uning ahvoli hali ham tibbiy jihatdan beqaror, bu esa uning boshqa kasalxonaga ko‘chirishga to‘sqinlik qiladi. Salomatligi barqarorlashmas ekan, futbolchi davolanishni davom ettiradi va kerakli tekshiruvlardan o‘tadi.

Klub vaziyatni nazoratga olgan va futbolchining ahvolidagi o‘zgarishni ma’lum qilib turadi. Biz ommaviy axborot vositalarini futbolchining shaxsiy hayotini hurmat qilishga chaqiramiz va misrlik futbol muxlislaridan Ahmad Refatning tezroq sog‘-omon bo‘lishi uchun duo qilishlarini so‘raymiz”.

“Liverpul” superyulduzi Saloh bilan birga o‘ynagan Refat avvalroq "Zamalek" jamoasida bilan Misr Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan va 2021 yilning oktyabridan beri “Modern Future”da o‘ynab kelmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:56, 12.03.2024.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик