Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga-2024: 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Superliga-2024: 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsumi 2-turi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 2-tur doirasida o‘tkazilgan 7 o‘yinda jami 13 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: «Metallurg» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi, bekor qilingan gol.

Superliga 2-turi doirasidagi ilk uchrashuvning 44-daqiqasida «So‘g‘diyona»ning 14-raqamli a’zosi L. Doriyev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olib, darvozaga zarba yo‘lladi va uni ishg‘ol etdi. Biroq vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Ibrohim Ismoilov to‘p futbolchining qo‘liga tekkan, deb topib, golni bekor qildi. VAR hakamlari ham bosh hakamning qarorini qo‘llab-quvvatladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda bosh hakamning pozisiyasi to‘g‘ri tanlangan, u holatni eng yaqin kuzatib turgan edi. Takroriy lavhalarda ham to‘p qo‘lga tekkani ko‘ringan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

2-vaziyat: «Paxtakor» – «Nasaf» bahsi, ehtimoliy penalti.

Turning markaziy bahsi 55-daqiqasida mezbonlar a’zosi P. Xoldorxonov raqib jarima maydonchasi ichida A. Mozgovoy bilan to‘qnashib ketib, yiqildi. Bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev esa vaziyat toza bo‘lganini aytib, o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR lavhalaridan ham ko‘rishimiz mumkinki, bosh hakam vaziyatni yaxshi pozisiyadan kuzatgan. Bu yerda hujumchi penalti ishlash maqsadida raqib a’zosiga o‘zi talpingani va kontaktga kirishgani aks etmoqda. Shu sababli, penalti belgilanmagan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

3-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv», ehtimoliy penalti.

Toshkent derbisining 7-daqiqasida mezbonlar a’zosi A. Odilov raqib darvozaboni bilan to‘p uchun kurash vaqtida yiqildi. Bosh hakam Sardor Ismatullayev bu vaziyatda hujumchi simulyasiya ishlatdi, deb hisoblab, unga sariq kartochka ko‘rsatdi va uchrashuvni davom ettirishga ruxsat berdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Darvozabon bu vaziyatda toza o‘ynagan, bu vaziyatda o‘yinni davom ettirish to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Biroq, simulyasiya uchun ko‘rsatilgan kartochka noto‘g‘ri bo‘lgan. Bosh hakamning o‘yinni davom ettirish qarori to‘g‘ri, kartochka esa noto‘g‘ri, deb topildi.

4-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv», ehtimoliy penalti (qo‘l bilan o‘yin).

Uchrashuvning 12-daqiqasida «Olimpik»ning 77-raqamli futbolchisi T. Mamasidiqov raqib jarima maydonchasi ichiga to‘pni oshirish uchun uzatma amalga oshirdi, bu to‘p «Lokomotiv»ning 2-raqamli a’zosi A. Abdurashidovning qo‘liga tegdi. Bosh hakam bu vaziyatda qo‘l tabiiy holatda ekanini qayd etib, o‘yinni davom ettirish kerakligini aytdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To‘p haqiqatdan ham qo‘lga tekkan. Biroq, O‘zbekiston futbol hakamlari tashabbusi bilan darvoza ortiga qo‘yilgan kamera orqali takrorlar ko‘rilganida qo‘l tabiiy holatda turgani namoyon bo‘lgan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

5-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv», ehtimoliy qizil kartochka.

Uchrashuvning 25-daqiqasida «Lokomotiv»ning 70-raqamli a’zosi A. Turdialiyev maydon markazida to‘pni egallash uchun oyog‘ini baland ko‘tarib, raqib boshi yaqiniga keltirgan. «Olimpik» futbolchisi to‘pni boshi bilan uzoqlashtirgan va ular raqib bilan to‘qnash kelib, maydonga yiqilgan. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam o‘yinni to‘xtatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyat «Olimpik» klubi shikoyati tufayli ko‘rib chiqildi. Uni bosh hakam juda yaxshi pozisiyadan kuzatib turgan va hammasini o‘z nazorati ostiga olgan. Takroriy lavhalarda oyoq boshga emas, raqibning tirsagiga tekkani ko‘ringan. Bosh hakam buni o‘yin qoidasi buzilishi deb topgan va fol bilan kifoyalangan. Bu vaziyatda kartochka ko‘rsatmaslik to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

6-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv» bahsi, penalti.

Ushbu bahsning 39-daqiqasida o‘yin taqdirini hal qilgan penalti belgilandi. «Olimpik»ning 44-raqamli a’zosi A. Rahimjonov «temiryo‘lchilar»ning 11-raqamli vakili bilan to‘p uchun kurashgach, mehmonlar vakili jarima maydonchasi ichida yiqildi. Dastlab hakam o‘yinni davom ettirdi, so‘ngra VAR vaziyatga aralashib, Ismatullayevni monitor yoniga chaqirdi. Takrorlarni ko‘rib chiqqach, bosh hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilab, «Olimpik» futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR bilan muloqotdan so‘ng, penalti to‘g‘ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

7-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv» o‘yini, ikkinchi sariq kartochka.

Uchrashuvning 58-daqiqasida mezbonlarning 44-raqamli a’zosi «Lokomotiv» a’zosini tirsagi bilan turtib ketib, hujumga chiqishga harakat qildi. Bosh hakam esa hushtak chalib, unga o‘yindagi 2-sariq kartochkasini ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda bosh hakam futbolchini maydondan asosli chetlatgan. Rostdan ham futbolchi raqib yuziga tirsagi bilan urib ketgan va o‘yin qoidasini buzgan. O‘zFHM tomonidan ishga tushirilgan darvozalar ortidagi 5-6-kameralar bu vaziyatda ham foyda berib, vaziyat qanday bo‘lganini yaqqol ko‘rsatib bergan. Ta’kidlash joizki, mavsum oldidan chiqarilgan darvozalar ortiga kameralar qo‘yish qarori hozircha eng foydali yurish bo‘lgani o‘z isbotini topib kelmoqda. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

8-vaziyat: «Olimpik» – «Lokomotiv», ehtimoliy fol.

Ushbu vaziyat ham «Olimpik» klubining shikoyati asosida ko‘rib chiqildi. 89-daqiqada mezbonlarning 37-raqamli futbolchisi hujum vaqtida Anzur Ismoilovga to‘qnashib, maydonga yiqilgan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirish kerakligini ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to‘pga o‘ynagan. Fol qayd etish uchun hech qanday asos yo‘q. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

 9-vaziyat: «Navbahor» – OKMK, inobatga olinmagan gol.

Namangandagi uchrashuvning 64-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasi ijrosidan so‘ng, darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab, o‘yin bosh hakami Ilgiz Tantashev golni inobatga oldi. So‘ngra vaziyatga VAR aralashib, hakamni monitor yoniga chaqirdi. Bosh hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, golni bekor qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Darvozabon to‘pni birinchi ushlab olgan, so‘ng unga nisbatan hujum qilayotgan jamoa vakillari qo‘pollik amalga oshirgan. Gol shu sababli bekor qilingan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.


10-vaziyat: «Andijon» – «Bunyodkor», ehtimoliy ofsayd.

Uchrashuvning 7-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. Bu vaziyatda gol urgan futbolchi ofsaydda turgandek, ko‘ringan. Biroq, hakamlar jamoasi golni toza urilgan, deb topib, uni hisobga olgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR takroriy lavhalaridan hamda tortilgan chiziqdan ham ko‘rinib turibdiki, bu vaziyatda o‘yindan tashqari holat yo‘q. Gol qoidalarga muvofiq tarzda urilgan. Hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

11-vaziyat: «Andijon» – «Bunyodkor», ehtimoliy qizil kartochka.

Vodiydagi bahsning 32-daqiqasida ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan vaziyat yuzaga keldi. «Bunyodkor» a’zosi U. Ismonaliyev «Andijon» futbolchisiga nisbatan oyoq ko‘tarib, tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirdi. Bunga nisbatan bosh hakam Aziz Asimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bosh hakam Aziz Asimov «Bunyodkor» a’zosini chetlatib, to‘g‘ri qilgan. Biroq, «Andijon»ning 8-raqamli futbolchisi ham jazosiz qolmasligi kerak edi. Bosh hakamga bu qoidabuzarlikni VAR hakamlari ma’lum qilishi kerak edi. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, ikkinchi vaziyatda bosh hakamga xabar bermagani uchun VAR hakamlari xato qilgan, deb topildi.

12-vaziyat: «Dinamo» – «Neftchi», ehtimoliy penalti.

Jizzaxdagi o‘yinda ham bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi. «Dinamo»ning 4-raqamli futbolchisi O. Abdumajidov raqib jarima maydonchasi ichiga to‘pni oshirgach, to‘p «Neftchi»ning 20-raqamli azosining qo‘liga tekkandek ko‘ringan. Bosh hakam Firdavs Norsafarov o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ta’kidlash joizki, ushbu vaziyatda ham darvoza ortiga qo‘yilgan kameralar yana bir bor ish berdi. Ushbu rakursdan olingan kadrlarda to‘p qo‘lga emas, oyoqqa tekkani yaqqol ko‘ringan.  Hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

13-vaziyat: «Qizilqum» – «Surxon» uchrashuvi, penalti.

Tur doirasidagi so‘nggi bahsning 68-daqiqasida mezbonlar a’zosi SH. Jo‘rabekov o‘z jarima maydonchasi chizig‘i ustida raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik amalga oshirdi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev VAR bilan muloqot qilgach, 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qoidabuzarlik 100% bor. Biroq bu jarima maydonchasi ichida yuzaga keldimi yoki tashqarisida, mana shu so‘roq ostida edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi a’zolari takroriy lavhalarni hamda VAR kadrlarini bir necha marta ko‘rib chiqqach, bir ovozdan bu jarima maydonchasi ichida sodir etilgan, degan qarorga keldi. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 20:22, 12.03.2024.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.