Angliya JCH-2022 chorak finalidan keyin ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Angliya terma jamoasi “Uembli”da o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Bu “Uch sherlar”ning JCH-2022 chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘yindan (1:2) keyingi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Garet Sautgeyt shogirdlari o‘tgan yili mag‘lubiyatga uchramagandi.