Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Aleksandr Xomyakov: “Uchrashuvdan qoniqdim, desam bo‘laveradi”

Aleksandr Xomyakov: “Uchrashuvdan qoniqdim, desam bo‘laveradi”

Baho:
+ | -

“Andijon” – Qirg‘iziston U20 (3:0) jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin “Burutglar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Aleksandr Andreevich, avvalo, uchrashuv haqida fikringiz qanday?

-O‘ylaymanki, yomon o‘yin bo‘lmadi. Raqibimizga shu yerga kelib biz bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashgani uchun rahmat. Ya’ni, Qirg‘iziston U20 terma jamoasi rozi bo‘lib, biz bilan o‘ynaganiga xursandmiz. Qiziqarli bellashuv bo‘ldi. Bir qator vaziyatlar yaratdik. Ulardan unumli foydalanishga harakat qildik. Tayyorgarlik uchun juda yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman.

-O‘yindan va natijadan ko‘nglingiz to‘ldi, shundaymi?

-Umumiy ma’noda yaxshi deyishim mumkin. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. Nazorat o‘yinida qanday talabni qo‘ygan bo‘lsam, ular barchasini bajarishdi. Shu sababli uchrashuvdan qoniqdim, desam bo‘laveradi.

-Keyingi turda “Andijon”ni “Nasaf”ga qarshi jiddiy o‘yin kutyapti. Muxlislar ham ushbu bahsni orziqib kutishmoqda…

-Bu o‘yinda bizda qanday mas’uliyat borligini tushunib turibmiz. Yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu oddiy o‘yin emas. Uchrashuvgacha yana bir necha kun bor. Qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni bajarib olamiz. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

-O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlandi. Barcha “Andijon” joy olgan guruhni “o‘lim guruhi” deb hisoblamoqdalar. Shunday raqiblarni kutganmidingiz? Fikringiz qanday?

-Yo‘q, men bunchalik darajadagi guruhga tushamiz, deb o‘ylamagandim. Rosti, bizga qaysi klublar tushishini taxmin ham qilmagandim. Kubok bahslarida raqiblarimizga qarshi kuchli o‘yinlar bo‘ladi. Futbolda aytilganidek, kuchlilar g‘alaba qozonadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:28, 24.03.2024.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.