Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Klaudio bobo Eldorga nima degandi?

Klaudio bobo Eldorga nima degandi?

Baho:
+ | -

Italiya «A» seriyasi 28-turi qahramonlari qatoriga qo‘shilgan Eldor Shomurodov «Salernitana»ga qarshi kechgan omadli o‘yindan so‘ng nufuzli futbol manbalaridan biri corrieredellosport.it saytiga mo‘’jaz intervyu berdi.

Hamyurtimiz unda «Kalyari» bosh murabbiyi Klaudio Ranyeriga alohida minnatdorchilik bildirdi. Sports.uz sayti esa italiyalik jurnalistlar va milliy jamoamiz sardori o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini havola etdi.

- Aytchi, «Kalyari»dagi sarguzashtlaring shu darajada og‘ir boshlanishini o‘ylaganmiding?

- Yo‘q, mavsum boshida ko‘proq o‘ynashni kutgandim. Lekin asosiy ayb o‘zimda, start­ga to‘liq tayyor emasdim. Ayniqsa, jismoniy tarafdan. Chunonchi, vaqt kamligidan klubga yetarli tayyorgarliksiz keldim. O‘shanda sport formasini tezda muammosiz tiklab olishni o‘ylaganim rost. Ammo amalda hammasi men kutgandek rivojlanmadi.

- Qiziq, aynan nima o‘xshamadi?

- Aslida jismoniy holatim o‘yin amaliyoti jarayonida yaxshilanishini o‘ylagandim, ammo boshida maydonga bir necha marta tushdim, xolos.

- «Salernitana» bilan bahsda esa birdan nimadir o‘zgardi...

- Umid qilamanki, bu boshlanishi xolos. Endi hozirga qadar bajarilmagan ishlarni o‘rniga qo‘yishim kerak.

- Jarohatdan keyin hammasiga qo‘l siltab, yanvarda jamoadan ketish haqida ham o‘ylagandirsan...

- Ishlar yaxshi ketmayotgan pallada miyangizga turli fikr­lar kelishi tayin. Asosiysi, har qanday o‘y-xayollarni darhol yaxshi tomonga burish maqsadga muvofiq. Jamoaga og‘ir pallada yordam berolmaganim alam uyg‘otdi. Muhimi, «Kalya­ri» direktori va bosh murabbiy bilan gaplashganimda, ular hamma meni kutayotganini aytishdi.

- Mana, yana cho‘qqi sari intila boshlading. Bunga Ranye­ri sababchimi?

- Ha, bu yerda menga hammadan ko‘prog‘ini aynan murabbiy berdi. Jamoamiz juda ahil, yigitlar ham hamisha yonimda bo‘lishdi. Ranyeri esa kayfiyatimni ko‘tarish yo‘lini topa oldi.

- Qanday qilib?

- Murabbiy bir gal oldiga chorladi va darhol baland ovozda gapirdi: «Genuyada kuchli eding, monstr eding. Senga nima bo‘lganini tushanmayapman. Endi o‘sha futbolchini ko‘rmoqchiman...». Tushundimki, Ranyeri ta’sir o‘tkazish, ishtiyoqimni oshirish va o‘t oldirishni istadi. U buni uddaladi, har holda, gaplari yuragimga yetib bordi, nishonga tegdi.

- Sport formangni tiklash va ishtiyoqni qayta qo‘zg‘ash uchun yetarli vaqtga ega bo‘lding...

- Birinchi golni urishda ancha qiynaldim, axir qariyb 1 yil davomida raqiblar darvozasiga yo‘l topolmagandim. To‘pni darvoza ichida ko‘rgach, golni qanday nishonlashni ham bilmay qoldim. Ikkinchi gol esa eng muhimiga aylandi, zero, raqib hisobdagi farqni minimal holatga keltirgach, g‘alaba qo‘ldan ketishi mumkinligidan cho‘chib turgandik. Xullas, ikkinchi gol nafaqat o‘zim, balki «Kalyari»ga ham erkinlik berdi.

- «Dubl»dan keyin qoniqish hissi tug‘ildimi?

- Baxtiyorman, lekin menga yetishmayotgan narsalar hali ko‘p. Oldinda bizni finalga teng 10ta o‘yin kutib turibdi.

- Keyingi o‘yinda sendan yana gol  kutsak bo‘ladimi?

- Shundan umidvorman. Gol uramanmi yoki yo‘q, jamoamga musobaqa jadvali quyi qismidan batamom chiqishda yordam berishni istayman.

- Kelajak haqida gapirishga tayyormisan?

- Hozir vaqti emas. Birinchi masala - «Kalyari»ning qutqarish missiyasi.

- «Jenoa» va «Kalyari»dagi Shomurodov o‘rtasida qanday farq bor?

- Zimmamdagi barcha ishlarni a’lo darajada uddalolmayotganimni bilardim. Xarakterimni o‘zgartirish ustida ham alohida ishlashimga to‘g‘ri keldi. Tabiatan sokinman, lekin futbolda talashmasang, hech narsaga erisholmas ekansan. Endi boricha kurashishim shartligini yaxshi bilaman.

- Futbol personajiga aylanishni istamaysan. Deylik, senda na tatiurovkalar, na zirak yoki antiqa soch turmagi bor...

- Ha, oddiy yigitman, oilamni yaxshi ko‘raman va futbolga ishtiyoqim baland. Rafiqam va ikki farzandim bilan baxtiyor yashayapman. Bir necha marta dengizga baliq ovlagani bordik, O‘zbekistonda esa asosan qo‘y go‘shti iste’mol qilamiz.

- O‘zbekiston fuqarosi uydan olisda o‘zini qanday his qilyapti?

- Kalyarida iqlim yoqimli, mehmondo‘stlik joyida. Chiroyli shahar. Albatta, uy, do‘stlar, yurtni sog‘inaman. Lekin bu yerda futbol saviya­si ancha baland, chempionat ham kuchli.

- Seni yurtingda milliy qahramonlardan biri sifatida qadrlashadi. Buni his qilish qanday?

- Milliy jamoa libosida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdim. Faxrlanadigan tomoni, ilgari amakim ham mamlakat bosh jamoasi libosida to‘p surgan. Qisqasi, futbolchilar oilasidanman va bundan faxr­lanaman.

- Agar futbolni tanlamaganingda...

- Yo‘q, menda «B» rejasi bo‘lmagan. Futbol - bolalik orzusi. Hayotda yana nima bilandir shug‘ullanishim mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman...

*** 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Eldor Shomurodov «Salernitana»ga qarshi o‘yinda soatiga 34,68 kilometr tezlikda harakatlandi. Hujumchimiz bu borada faqatgina «Lechche» vakili Pontus Almkvistdan ortda qoldi. Eslatma, Eldor Shomurodov «A» seriya 28-turi ramziy jamoasidan joy olgandi.

«A» seriya 28-turida eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar

Pontus Almkvist («Lechche», Shvesiya) - 35,46 kilometr/soat

Eldor Shomurodov («Kalyari», O‘zbekiston) - 34,68 kilometr/soat

Markus Tyuram («Inter», Fransiya) - 34,58 kilometr/soat

*** 

Tuttomercato nashri «A» seriyaning ro‘za tutayotgan futbolchilariga e’tibor qaratdi. Kuzatuvlarga ko‘ra, eng ko‘p ro‘zadorga ega jamoalar - «Frozinone» va «Lechche» (3 nafardan).

«A» seriyada ro‘za tutayotgan futbolchilar

«Frozinone»: Volid Cheddira (Marokash), Abdu Harrui (Niderlandiya), Demba Sek (Senegal)

«Lechche»: Muhammad Kaaba (Fransiya), Latif Ramadani (Albaniya), Hamza Rafiya (Tunis)

 «Napoli»: Amir Rraxmani (Kosovo), Hamid Traore (Kot-d`Ivuar)

 «Inter»: Hoqon Chalxanoglu (Turkiya)

«Milan»: Ismoil Bennosir (Jazoir)

«Roma»: Zeki Chelik (Turkiya)

«Empoli»: Yusuf Malex (Marokash)

 «Kalyari»: Eldor Shomurodov (O‘zbekiston)

Italiyalik jurnalistlar Eldordan «Salernitana» himoyachilari uni to‘xtatib qololmaganliklari, biroq «Monsa» bilan uchrashuvda Ramazon ro‘zasi qanday ta’sir etishi mumkinligi haqida so‘rashdi. Hamyurtimiz esa bunga chiroyli javob berdi: «Ro‘za sira to‘sqinlik qilmaydi, chunki vaqti-vaqti bilan och yurish, ya’ni quyosh ko‘tarilmasidan taomlanib, kun bo‘yi kuchimni boshqarishga ko‘nikib ulgurganman».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 24.03.2024.
O'qildi: 7192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.