18 yoshli Kobbi Maynu Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi terma jamoadagi o‘yinda ilk bor maydonga tushdi. U 74-daqiqagacha o‘ynadi, shundan so‘ng uning o‘rnini Jeyms Meddison egalladi.
Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va uning natijalariga ko‘ra aynan Maynu Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.