Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ronaldu xorvatiyalik futbolchi ayolga stol tennisida yutqazdi

Ronaldu xorvatiyalik futbolchi ayolga stol tennisida yutqazdi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng go‘zal ayol futbolchisi sifatida tan olingan Ana Mariya Markovichga teng kelolmadi.

Ehtimol, portugaliyalik yulduz o‘z muxlisasi sanalgan hurliqo xonimga atayin yutqazib bergandir, ammo bu bilan fakt o‘zgarib qolmaydi: Ana Mariya stol futbolida Krishtianuga kichik dars berdi.

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasining FIFA kunlaridan o‘rin olgan birinchi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashmadi. U bu orada o‘zining personal muxlisalaridan biri - «Grassxopper» futbolchisi Ana Mariya Markovich bilan stol futboli bo‘yicha kuch sinashdi. Krish dunyoning eng chiroyli ayol futbolchisiga yon bosdimi yoki xonim chindan ham, kuchlilik qildimi, har holda, u 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ana Mariya shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ronaldu bilan uchrashuvini batafsil yoritdi. «Grassxopper» (Shveysariya) klubi va Xorvatiya ayollar terma jamoasining 24 yoshli hurliqo futbolchisi Krishtianu bilan bahsni o‘z orzusining ushalishi sifatida ham bayon etdi.

Aytish kerak, ijtimoiy tarmoqlarda 3 milliondan ko‘p obunachiga ega Ana Mariya oldinroq portugaliyalikni chin kumiri o‘rnida ko‘rsatib, unga ochiq murojaat yo‘llagandi.

«Krishtianu, sening o‘yinlardagi aqlni shoshirib qo‘yadigan, imkonsiz tuyuladigan harakatlaringni kuzatgancha ulg‘aydim. Buyuk futbolchilarning butun bir avlodiga o‘zgacha motivasiya berganing aniq. Kimdadir sovrinlar soni senikidan ko‘pdir, kimdir hozir senga nisbatan yuqoriroq saviyadadir, bularning menga zarracha ahamiyati yo‘q. Chunki qalbimda yagona yetakchi bor - bu sen! Kichik qizaloqligimdan shunday. Abadiy minnatdorchilik. Sening doimiy 1-raqamli muxlisang».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:35, 28.03.2024.
O'qildi: 7595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.