Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ot izini bosgan toychoqlar

Ot izini bosgan toychoqlar

Baho:
+ | -

Kasbdoshlar avlodlari - hayotda uchrab turadigan hodisa.

Hatto futbolda ham. Futbolchi otalari izidan borayotgan farzandlarga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. To‘g‘ri, otasidan o‘zib ketish kamdan-kam o‘g‘lonlarga nasib etadi. Keling, yaxshisi, mashhur va ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan futbolchilar avlodlari bilan tanishib chiqaylik.

Chezare, Paolo va  Daniel Maldinilar

Hikoyamizni eng nomdor sulola ochib beradi. Paolo Maldini - futbol tarixidagi buyuk himoyachilardan biri. Lekin uning otasi ham «Milan»ning 1950 va 1960 yillardagi afsonasi. Shuningdek, Chezare Italiya terma jamoasi sharafini 14 marta himoya qilgan, keyin murabbiy sifatida boshqargan. To‘g‘ri, Daniel ham sulola an’anasini davom ettirdi, lekin bobosi va otasidan farqli ravishda, hujumkor yarim himoyachi ixtisosini tanladi. Hozir Daniel «Milan» va terma jamoa yoshlari safida to‘p surmoqda.

Yoxan va Xordi  Kroyflar

Xordi otasi «Barselona»da to‘p surgan davrda tug‘ilgani sababli, o‘g‘liga kataloncha ism tanlagandi. Niderlandiyada uni Yordi, deb chaqirishadi. Keyinchalik ota-o‘g‘il kasbdoshlar «Kamp-Nou»da uchrashdilar: Yoxan «Barsa»ni boshqardi, Xordi esa to‘p surdi. Albatta, mahorat bobida otasidan o‘zib keta olmagan bo‘lsada, «Barselona», «MYU» va «Alaves» klublarida talab darajasida to‘p surdi.

Pablo va Diyego  Forlanlar

2011 yilda Urugvay Amerika Kubogida zafar quchgach, terma jamoa hujumchisi Diyego Forlan shunday degandi: «G‘alaba men uchun muhim ahamiyatga ega. Bobom g‘alaba qozongan, otam g‘alaba qozongan, endi men g‘alaba qozondim». Darhaqiqat, Diyegoning otasi Pablo ikkita JCHda Urugvay sharafini himoya qilgan, bobosi Xuan Karlos Korasso ham terma jamoa­da to‘p surgan.

Jorj va Timoti Vealar

Jorj eng buyuk afrikalik futbolchilardan biri hisoblanadi. «Milan»ning sobiq hujumchisi 1995 yilda «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘lgan, keyin Liberiya prezidenti lavozimiga saylangan. Uning o‘g‘li Timoti esa Nyu-Yorkda tavallud topgani sababli, AQSH terma jamoasi tarkibida to‘p surmoqda. Klub miqyosida kichik Vea «PSJ», «Lill» va «Yuventus» klublarida o‘ynagan.

Diyego va Jovanni Simeonelar

«Atletiko»ning amaldagi bosh murabbiyi bo‘lmish Diyego Simeone 1990-2000 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi tarkibida yuzdan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushgandi. Endi uning 3 nafar o‘g‘lonlari - Jovanni, Janluka va Julianolar ota kasbini egalladilar. Ular orasida eng mashhuri - «River Pleyt», «Fiorentina», «Napoli» va «Albiseleste»da o‘ynagan Jovanni hisoblanadi.

Mazinyo, Tyago va Rafinya Alkantaralar

Braziliya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan JCH-1994 turnirida yarim himoyachi Mazinyo yorqin o‘yin namoyish etgandi. U aka-ukalar - Tyago va Rafinya Alkantaralarning otasi ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Ular o‘z faoliyatlarini «Barselona»da boshlashgan. Tyago shuningdek, «Bavariya» va «Liverpul»da ham to‘p surgan, terma jamoa miqyosida Ispaniya safida maydonga tushgandi. Rafinya» esa «Inter», «PSJ» va Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilgandi.

Danni va Deyli Blindlar

Danni Blind - o‘z davrining taniqli futbolchilaridan biri. U 1980-1990 yillarda «Ayaks» bilan 5 karra Erediviziye chempioni bo‘ldi, YECHLda g‘olib chiqdi. Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasi libosida 42 marta maydonga tushgandi. Uning o‘g‘li Deyli esa terma jamoa safida 100 martadan ko‘proq maydonga tushib ulgurdi, «Ayaks», «MYU», va «Bavariya»dan keyin hozir «Jirona» bilan La Liga g‘olibligi uchun kurashmoqda.

Peter va Kasper Shmeyxellar

Endi navbat kamdan-kam uchraydigan hodisa qahramonlariga keldi. O‘g‘il o‘z otasidan shunchaki, futbolchilik kasbini emas, maydondagi ixtisosini ham meros qilib oldi. Peter Shmeyxel «MYU» bilan 5 marta chempion bo‘lgan, Daniya termasi bilan 1992 yilda Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgandi. U futbol tarixidagi eng mohir darvozabonlardan biri bo‘lgan. Buni qarangki, Kasper ham Daniya terma jamoasi va «Lester» safidagi 11 yillik faoliyati bilan yorqin iz qoldirdi. «Tulkilar»ning 2016 yildagi chempionligida mohir darvozabon bosh rolni ijro etgandi.

Alf-Inge va Erling Xolandlar

Kichik Xoland sahnaga chiqqunga qadar bu futbolchilar oilasidan ko‘pchilik bexabar edi. Ochig‘i, o‘g‘il otasidan o‘zib ketgan holatlar ham kamyob hodisalar sirasidan. Alf-Inge 1990-2000 yillarda «Nottingem», «Lids» va «Manchester Siti» klublarida to‘p surgan, Norvegiya terma jamoasi libosida 34 marta maydonga tushgandi. Erling aynan Lidsda tug‘ilgan. U «Molde», «RB Zalsburg» va «Borussiya Dortmund»dan keyin «Siti»ga o‘tib, dunyoning eng yaxshi to‘purari cho‘qqisini zabt etish niyatida.

Lilian, Markus va Xefren Tyuramlar

Fransuz futboli tarixidagi buyuk himoyachilardan biri bo‘lgan Lilian ortiqcha izohga muhtoj emas. JCH-1998dagi g‘alabada bosh rolni aynan u ijro etgandi. Klub miqyosida esa u «Parma» va «Yuventus»dagi ishonchli o‘yinlari bilan mashhur. Endi Lilian o‘z vorislari bilan faxrlanishga haqli - o‘g‘lonlari Markus va Xefren milliy terma jamoa safida tobora samarali to‘p surmoqdalar.

Enriko va Federiko Kyezalar

Enriko 1990-2000 yillarda Italiyaning sermahsul hujumchilari qatorida bo‘lgan, terma jamoada, «Sampdoriya», «Parma», «Fiorentina» va «Lasio» klublarida muvaffaqiyatli to‘p surgandi. Federiko ham «Skuadra Adzurra» va «Fiorentina», «Yuventus»da muxlis va murabbiylarni mamnun etmoqda.

Davomi gazetamizning keyingi sonlarida

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 29.03.2024.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.