"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ertaga avgust oyidan beri ilk bor maydonga tushishi mumkin bo‘lgan markaziy himoyachi Eder Militaoning holati haqida gapirdi.
"Militao qaytdi. Balki u ertaga o‘yin vaqtiga ega bo‘lar. Uning tizzasi yaxshi, u o‘ynashi kerak. Eder tuzalib ketdi, ammo yuqori darajaga qaytishi uchun unga vaqt kerak bo‘ladi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.