Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" tarkib uchun yangi himoyachi topdi

"Barselona" tarkib uchun yangi himoyachi topdi

Baho:
+ | -

"Las-Palmas"ga tegishli bo‘lgan 24 yoshli ispaniyalik himoyachi Serxi Kardona "Barselona"ning manfaatlari doirasida, deya xabar beradi Todofichajes. Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Kardona 29 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Himoyachi 9 ta sariq kartochka oldi. "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:44, 02.04.2024.
O'qildi: 1275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик