Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Haftaning eng yaxshi muhim transfer yangiliklari

Haftaning eng yaxshi muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Transfer oynasi 2024 yilning yozigacha ochilmaydi, biroq har kuni mumkin bo‘lgan kelishuvlar haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ladi. "Real Madrid" yana kimni sotib oladi? David de Xea qayerga boradi? “PSJ” yangi hujumchisi uchun qancha to‘laydi?

“Real” “Bayer” iqtidori uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor

Tan oling, siz ham “Bayer”ning natijalaridan katta taassurot olyapsiizmi? Xabi shogirdlari tez orada Germaniya chempioni bo‘lishadi, shuningdek, mamlakat kubogi va Yevropa ligasi uchun ham imkoniyatlari bor. Hujumkor yarim himoyachi Florian Virs hozirgi "Bayer"ning yetakchilaridan biri. U barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 20 yoshli yigit uchun umuman yomon emas! "Real Madrid" allaqachon futbolchiga ko‘z tikmoqda. Jurnalist Antonio Gallardoning yozishicha, Madrid klubi 100 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq, bitta jihat bor. Agar transfer amalga oshsa, bu 2025 yilgacha bo‘lmaydi, chunki Virtsning o‘zi hozircha "Bayer"da qolmoqchi.

Jyul Kunde

Bir necha hafta oldin “PSJ” va “Barselona” vakillari Ispaniyada muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Catalunya Radio Ular u yerda nimani muhokama qilishdi? Gap shundaki, parijliklar bir vaqtning o‘zida ikkita futbolchi: Jyul Kunde va Ektor Fortga qiziqish bildirmoqda. "Barselona" "Fort" sotilmaydi,dedi. Lekin Kunde transferini muhokama qilishga tayyor. Fransiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon Kataloniya klubida. 2023/2024 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi, 4 ta golga assistentlik qildi.

Jeydon Sancho

“Bambllar” Jeydon Sanchoni saqlab qolishni xohlaydi. Hozirda angliyalik futbolchi Germaniyada ijara asosida o‘ynamoqda va "Manchester Yunayted"ga tegishli. Mankunianliklar bunga qarshi emas, balki 40 million funt to‘lashni so‘ramoqda."Borussiya" esa Sanchoning transferidan umidini uzmasada, bunday shartlardan qoniqmayapti. Qolaversa, inglizning o‘zi Dortmundda o‘zini qulay his qilmoqda. Joriy mavsumda Sancho “Borussiya” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“PSJ” Osimxenni o‘ziga tortadimi?

Viktor Osimxen mavsum yakunida “Napoli”ni tark etishi mumkin. Biroq uning faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas. Bir necha hafta oldin futbolchiga asosiy da’vogar "Arsenal", bir hafta oldin esa "Chelsi" hisoblanardi. Endilikda Italiyaning Corriere dello Sport nashri nigeriyalik futbolchining transferiga “PSJ” qiziqayotganini ta’kidlamoqda. Manbaga ko‘ra, fransuz klubi 130 million yevro to‘lashga tayyor. Joriy mavsumda afrikalik barcha turnirlarda 25ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

"Barsa" himoyachisi Madridga o‘tish niyatida

Himoyachi Markos Alonso "Barselona"da qolmaydi. "Blaugranalar" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va u erkin agent sifatida ketadi. Cadena SER xabariga ko‘ra, Alonso "Atletiko Madrid" bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Biroq, bu kelishuv yakuniy emas. Agar kimdir ispaniyalikka qulayroq shart-sharoitlarni taklif qilsa, u boshqa klubga o‘tish huquqiga ega. Joriy mavsumda Alonso bor yo‘g‘i 7 ta o‘yin o‘tkazdi.

De Xea "Arsenal"ga o‘tadimi?

David de Xea hali ham ishsiz ekaniga hayronmisiz? 2023 yilning yozida ispaniyalik futbolchi erkin agent sifatida “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Vaqt o‘tdi, mavsum yakunlanishiga oz qoldi, ammo darvozabonning maqomi o‘zgarishsiz qolmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, londonliklar sport direktori Edu Gaspar darvozabonni juda yaxshi ko‘radi. De Xea "Arsenal"da Aaron Ramsdeyl o‘rnini egallashi mumkin.

"Manchester Yunayted" "Benfika" iqtidorining transferiga umid qilmoqda

"Benfika"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Joau Neveshga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Record xabariga ko‘ra, ingliz klubi uning uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, "Manchester Yunayted" keyingi transfer oynasida futbolchini sotib olishni ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. 19 yoshli himoyachi joriy mavsumda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:51, 08.04.2024.
O'qildi: 4521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.