Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning hozirgi tarkibidan to‘liq qoniqish hosil qilishini aytdi. Klub rahbari “PSJ”dan birorta futbolchiga qiziqmayapti.
"Men "Barselona"ning birorta futbolchisini "PSJ" bilan almashtirmagan bo‘lardim", - deya ishonch bilan javob berdi prezident.
Bugun Parijda Chempionlar ligasining birinchi chorak finali doirasida "Barselona" va "PSJ" o‘zaro to‘qnash kelishadi.