Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Xavi: "Men Dembelega juda bog‘lanib qolganman"

Xavi: "Men Dembelega juda bog‘lanib qolganman"

Baho:
+ | -

"PSJ" vingeri Usmon Dembele "Barselona"ga qarshi Liga 1/4 final javob o‘yinida diqqat markazida bo‘ladi. Biroq kataloniyaliklar ustozi Xavi Ernandes fransiyalik futbolchiga hamon muhabbati borligini ochiq tan oldi.

Qanot hujumchisi Xavi qo‘l ostida "Barselona"ning asosiy jamoasida muntazam imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Dembele faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchidek tuyuldi. Biroq, o‘tgan yozda u "PSJ"ga o‘tishga qaror qildi, parijliklar shartnoma bandidan foydalanib, uni 50 million yevroga sotib oldi.

Bir hafta oldin 26 yoshli futbolchi faoliyatida ilk bor “ko‘k-anorranglilar”ga qarshi o‘ynadi. O‘shanda u chiroyli gol urdi va bu golni butun Parij jamoasi bilan nishonladi.

Futbolchining xatti-harakati Kataloniya poytaxtida norozilikka sabab bo‘ldi. Ba’zi muxlislar Dembeleni unga katta miqdorda pul sarflagan va olti yil davomida ishongan jamoa darvozasiga gol urganini hurmatsizlik deb bilishgan. Chempionlar ligasi chorak finalining javob o‘yini uchun Barselonaga yetib kelgach, fransiyalik futbolchini mahalliy muxlislar masxara qila boshladi.

Xavi ochiqchasiga tan oldiki, muxlislar o‘z yo‘liga ega bo‘lishlari mumkin, ammo u sobiq futbolchisiga nisbatan ranjimaydi.

″...Usmonning ketishi meni xafa qildi, chunki u bu yerda ajoyib vaqtda edi. Lekin men unga qarshi emasman va hurmat bilan qabul qilaman. Men unga juda bog‘lanib qolganman", — dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.

 

Kiritildi: 23:42, 16.04.2024.
O'qildi: 2611 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик