Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Atalanta" murabbiyi "Liverpul"ni boshqarishga tayyor

"Atalanta" murabbiyi "Liverpul"ni boshqarishga tayyor

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini "Liverpul"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, “Liverpul”ning amaldagi ustozi Yurgen Klopp yozda jamoani tark etadi.

“Albatta, men Klopp o‘rniga “Liverpul”ga ishga kirsam xursand bo‘laman, lekin hozir bor e’tiborimni oldindagi o‘yinga qaratganman. Bizni bunday voqealardan chalg‘itib bo‘lmaydi”, - deya Gasperini so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

18 aprel kuni “Atalanta” Yevropa ligasining chorak final javob uchrashuvi doirasida “Liverpul”ni qabul qiladi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin “Atalanta”ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Kiritildi: 17:38, 17.04.2024.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик