Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 ishtirokchilari aniqlanmoqda

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 ishtirokchilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston arenalarida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda mundial mezbonlik qiladigan shaharlar nomlari e’lon qilinadi.

Dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi Jahon chempionligi uchun kurash olib boradigan mazkur musobaqa tarixda 10-bor tashkil etilmoqda. Unda g‘olib Portugaliyadan torib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr — 6 oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi.

Hozirga qadar musobaqaning 17 ta ishtirokchisi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayni paytda Tailand mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida mundialning  O‘zbekistonga qo‘shiladigan yana 4 ta ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ladi.

Ayni vaqtda Nikaraguada CONCACAF futzal chempionati o‘tkazilmoqda va bugun unda yarim finalchilar aniqlandi. Xususan, Kosta-Rika, Panama, Gvatemala va Kuba yarim finalga chiqish orqali JCH-2024 yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Shu kunlarda Marokashda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Afrika Millatlar kubogida ham mundialning 3 ta qatnashchisi nomi ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, kuni kecha UEFA vakillari orasida ham oxirgi qatnashchilar ma’lum bo‘ldi. Bular – Xorvatiya va Niderlandiya. Hozircha yana 7 ta yo‘llanma egasi nomi ochiq turibdi.

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 ishtirokchilari:

Mezbon: O‘zbekiston
CONCACAF: Kosta-Rika, Panama, Gvatemala, Kuba
CONMEBOL: Braziliya, Argentina, Paragvay va Venesuela
OFK: Yangi Zelandiya
UEFA: Qozog‘iston, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Ukraina, Xorvatiya va Niderlandiya

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:48, 18.04.2024.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик