Insayder Fabrisio Romano "Real" himoyachisi Nacho nima sababdan mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida ma’lumot berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Nacho hozirgi paytda "Real"ni tark etish to‘g‘ri qaror deb hisoblaydi. Futbolchi Madriddagi faoliyatini eng yuqori nuqtada hamda yaxshi jismoniy holatda yakunlamoqchi. Uning jamoadan ketishiga klub rahbariyatining aloqasi yo‘q, bu Nachoning shaxsiy qarori.
Eslatib o‘tamiz, futbolchiga avvalroq "Inter" qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi.