Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Kapadze: «Muhim o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik»

Kapadze: «Muhim o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze:
— Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Muhim o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga rahmat aytaman.

O‘tkazilgan 2 o‘yinning farqi
— Har doim birinchi o‘yinlar qiyin kechadi. Bugun ham oson o‘yin bo‘lgani yo‘q. Raqib himoyada yaxshi harakatlandi. Biroq biz ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatib g‘alaba qozondik. Endilikda keyingi uchrashuvlarga e’tiborimizni qaratib, tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.

Vyetnamga qarshi o‘yin va keyingi bosqich haqida
— Biz uchun har bir o‘yin muhim. Barcha futbolchilar o‘yinga tayyor bo‘ladi. Ishlashda va tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz.  

Keyingi bosqichda kim bilan o‘ynashimiz - buni albatta vaqt ko‘rsatadi. Nasib bo‘lgani bo‘ladi. Bizning o‘z maqsadimiz bor, shu yo‘lda tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Hojimat Erkinov:
— Bizni stadiondan va televizor ortidan qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga rahmat. G‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, birinchi bo‘limda raqib himoya yaxshi harakatlandi. Zich o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq imkoniyat yaratib, hisobni yiriklashtira oldik.

Keyingi bosqichdagi raqib haqida
— Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, biz tayyorgarlikda davom etamiz, kim bilan o‘ynashimiz hozirda ma’lum emas. Shu sababli bu haqida o‘ylamasdan, o‘z maqsadimiz yo‘lida ishlashda davom etishimiz kerak.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:05, 21.04.2024.
O'qildi: 1660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.