Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Aleksandr Xomyakov: «Bunday g‘alabadan keyin har qancha xursandchilik qilsang arziydi»

Aleksandr Xomyakov: «Bunday g‘alabadan keyin har qancha xursandchilik qilsang arziydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi «Andijon» – «Nasaf» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagilarni aytdi:

– Men ham sizlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Juda ham xursandman va mamnunman. Hamma g‘alabadan xursandchilik qilyapti. Odamlar, Andijon xalqi juda mamnun va quvonchga to‘lishyapti. Shunday ekan, bugungi g‘alaba bilan barchani yana bir bor tabriklayman. Bugun biz ancha kuchli ko‘ringandik va g‘alabani ko‘proq xohlagandik. Yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Xavfli vaziyatlarni ko‘proq yaratdik. Shu sababli hammasidan mamnunman. Yigitlarimiz g‘alabani nihoyatda xohlashgandi. Maydonda ham bu narsa bilinib turdi va shunga yarasha natija ko‘rsatishdi.

— Bunday xissiyotlardan so‘ng to‘g‘risi fikr bildirish ham qiyin. G‘alaba sizga ham muborak bo‘lsin! Bunday g‘alabadan keyin so‘z kelishi ham qiyin bo‘lyapti…

— Men sizning bu gaplaringizga to‘liq qo‘shilaman. G‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin. Menda ham hozir xuddi shunday hissiyotlar bo‘lyapti. Bu barchamizning g‘alabamiz. Hammaga rahmat.

— O‘zbekiston kubogining amaldagi g‘olibini guruhda qolib ketganiga munosabatingiz qanday?
— «Nasaf» ancha kuchli jamoa. Biz buni bilgandik. Ularga ham g‘alaba juda zarur edi. Raqib qo‘lidan kelganicha oldinga intildi, g‘alaba qozonishni xohladi. «Nasaf» kuchli jamoa ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu o‘yinda kim gol ursa o‘sha jamoa yutib ketardi va biz buni uchrashuv oxirida amalga oshirdik. Lekin bunday vaziyatlar «Nasaf»da ham bir necha bor bo‘ldi. Ammo biz gol urib g‘alabani ilib ketdik. Kubok bahsida yetarlicha hissiyotlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Bunday bahsdan keyin har qancha xursandchilik qilsang arziydi. Endi 4 may kuni chempionat doirasida o‘z maydonimizda «So‘g‘diyona» bilan o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Jizzaxliklar ham ancha kuchli jamoa. Endi tiklanish jarayonini o‘tkazib, bo‘lajak bahsga ham jiddiy tayyorlanamiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 22:47, 28.04.2024.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.