Gruziyalik darvozabon Giorgi Mamardashvili "Valensiya"dagi kelajagi haqida gapirdi.
"Valensiya"da qolmoqchiman. Lekin kelajagimni hali aniq bilmayman. Keling, keyin hammasi qanday sodir bo‘lishini ko‘rib chiqaylik", - dedi Mamardashvili.
Avvalroq matbuotda 23 yoshli futbolchiga Yevropa klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.