Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, "An-Nasr" kelayotgan yozda tarkibida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshiradi.
Manbaga ko‘ra, jamoa Taliska uchun yaxshi taklif bo‘lsa, uni sotib yuboradi. Darvozabon David Ospina esa erkin agent maqomida jamoani tark etadi. Bundan tashqari, Emerik Laport uchun ham takliflar ko‘rib chiqiladi.
Riyodliklar bu legionerlar o‘rniga yanada kuchliroq futbolchilar olib kelishni rejalashtirgan.