Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbek futbolining 2000-yillardagi ahvoli haqida

O‘zbek futbolining 2000-yillardagi ahvoli haqida

Baho:
+ | -

Yoshi kattalar 2000 yillarda futbolimizda nimalar bo‘lganini bilishadi. O‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan Saudiyadan 5, Yaponiyadan 8 talab gollar yeb kelganmiz. Livanda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi sharmandalik bo‘lgan. Bugalo bilan Mirjalol Qosimovga e’tiroz bo‘lmagan faqat.  Deyarli hamma o‘sha turnirda o‘yinchilar UFF rahbariyatini alishtirish uchun shu ishlarni qilishgan deb o‘ylashadi.

Keyinchalik o‘sha turnirda o‘ynagan ko‘pgina futbolchilar bilan birga ishlaganman. Ichida juda yaqin bo‘lib ketganlari ham bo‘lgan. Shu masalani juda ko‘p so‘raganman. Birortasi o‘sha turnirda atay shu ishlar qilingani haqida biror gap bo‘lganini eshitishmagan ham.

Keling yaxshisi sizga o‘sha yillari futbolimiz qay ahvolda bo‘lganini qisqacha aytib beraman.

UFF ofisi o‘sha yillari Xalqlar do‘stligi kassalari ro‘parasida bo‘lar edi. SSSRdan qolgan. Remontlari eski  JEKni eslatadigan bir bino edi. Xodimlarning aksari yoshi katta, rivojlanish nimaligiga ahamiyat beradigan xodimlar emas edi.

Futbol klublarimizda na tuzuroq infratuzilma, na tuzuroq stadion, na baza na menejment bor edi.

Chempionlikni qaysi klubda pul bo‘lsa o‘sha klubga o‘tib aniqlab beradigan 6-7 o‘yinchilar bo‘lar edi.

Hakamlarimiz esa yoshi 50 dan oshgan, qorin qo‘ygan, vazni 90 kgga yetib qoladiganlar bo‘lar edi.

Terma jamoamizda adashmasam Pavel Sadirin bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Unga Rossiyaning SSKA sidan taklif tushishi bilan ketib yuborgan edi. Borib hatto "O‘zbekistondagi futbolchilarni darajasi biznining 1 ligadan ham past ekan" deb intervyu bergan edi.

Sadirin ketganidan so‘ng uning o‘rniga noilojlikdan tezda Sarkisyan tayinlangan edi.

Bechora Sarkisiyan Osiyo Kubogidan oldin chetda na bir o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaza olgan na bir o‘rtoqlik uchrashuvi.

Yig‘inni "Neftchi" bazasida o‘tkazgan edi. Turnirdan oldin legionerlar kelishgan va oxirgi o‘yinni "Neftchi" ga qarshi o‘tkazib shu bilan Osiyo Kubogiga jo‘nab ketishgan edi.

U yerda esa ularni allaqachon rivojlanish yo‘liga tushib bo‘lgan Yaponiya va Saudiya kutayotgan edi.

O‘sha yillari futbolga bir chiziqli himoya kirib kelgan, lekin bizning SSSRdan qolgan murabbiylar buni ham inkor qilib kelishayotgan edi.

Adashmasam terma jamoamiz ham libero (oxirgi himoyachi) bilan o‘ynagan edi. Fyoderov bu vazifani bajargan edi. Libero bilan o‘ynash degani bir o‘yinchi kam bo‘lib o‘ynash degani desa ham bo‘ladi.

Futbolimiz rivojlanish haqida umuman o‘ylamay kun o‘tsa bo‘ladigan shunaqa ahvolda edi.

Shuning uchun u yerda "zagovor" bo‘lgan deb men masalan umuman o‘ylamayman.

Keyingi maqolada o‘sha turnirdan keyingi o‘zgarishlar haqida esda borini yozamiz.

Ravshan Salimov.

Manba: @salimov_futbol
Kiritildi: 23:34, 17.05.2024.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.