Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Bilbaoning sadoqatli sardori

Bilbaoning sadoqatli sardori

Baho:
+ | -

«Sen hayotimning ko‘rki, mazmuni eding. Biroq endi xayrlashish vaqti keldi» - shunday samimiy e’tirof bilan Iker Muniain «Atletik»dagi yorqin faoliyatiga nuqta qo‘ydi:

Yarim himoyachi asosiy jamoadagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng Bilbaoni tark etadigan bo‘ldi. Albatta, Muniain klubning eng yorqin davri qahramoni sifatida tarixdan joy oladi. «Sen hayotimning ko‘rki, mazmuni eding. Biroq endi xayrlashish vaqti keldi» - shunday samimiy e’tirof bilan Iker Muniain «Atletik»dagi yorqin faoliyatiga nuqta qo‘ydi: yarim himoyachi asosiy jamoadagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng Bilbaoni tark etadigan bo‘ldi. Albatta, Muniain klubning eng yorqin davri qahramoni sifatida tarixdan joy oladi.

12 yoshida «Atletik» akademiyasiga kelgan Iker 15 yoshida asosiy jamoaning o‘rtoqlik, bir yildan keyin rasmiy uchrashuvida maydonga tushdi. O‘zining debyut golidan keyin esa kelajak rejalarini bayon etdi: «Atletik» libosida shunaqa ehtirosli lahzalardan zavq olib, muxlislarimizni xursand qilishdan umidvorman».

Keyin rekordlar «yomg‘iri» boshlandi: klub tarixidagi eng yosh o‘yinchi (16 yil, 7 oy, 11 kun), La Ligadagi eng yosh gol muallifi (16 yil, 9 oy, 15 kun), «Ispaniyalik Messi» va «Superiqtidorli o‘smir» unvonlari sohibi. Natijada yosh iqtidor nomdor jamoalar e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Ayniqsa, «Old Trafford»da «MYU»ga qarshi maydonga tushgan 19 yoshli yarim himoyachi tajribali jamoadoshlaridan ham samaraliroq o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba golini urganida, butun Yevropaga tanildi.

Biroq Muniain o‘zini «Atletik»dan boshqa birorta klub tarkibida tasavvur qila olmasdi. Hatto «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti» va «MYU» variantlari ham uni qoniqtirmasdi. Keyinchalik «Yuventus» va «Tottenxem»ning takliflarini ham rad etdi. Chunki Iker o‘z uyidan uzoqlashishni istamasdi.

Qahramonimiz murabbiylar bilan ham deyarli janjallashmagan, faqat bir marta Marselo Byelsa 2012 yilda kelisha olmay qolgan, lekin mojaro tezda unutilgandi. Arzimas muammolarga Iker e’tibor bermasdi: klub hammadan ustun.

2015 yilda Muniain ilk marta jarohat oldi va ma’lum muddatga jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda qatnasha olmaydigan bo‘ldi: «Sog‘lomlik davringda qadriga yetmaydigan narsalar ham bor. Shunday pallada ularni sog‘inib qolasan». Jarohat tufayli Iker Kubok va Superkubok finallarida maydonga tusha olmadi. Lekin ikkinchi o‘yindagi «Barsa» ustidan erishilgan g‘alabani (5:1) xuddi sog‘lom odamlardek nishonladi, ehtiroslarini tiya olmadi: «Bu mening sportchilik davrimdagi eng buyuk voqea bo‘ldi. O‘sha manzara hanuzgacha ko‘z o‘ngimda: men shahar boshqarmasining ayvonidan «Atletik» libosidagi kishilarning baxtiyor chehralarini kuzatib turganman. Bu ilhombaxsh lahzalar bir umrga xotiramdan o‘rin olgan. Bu tarixiy muvaffaqiyatni tez orada yana takrorlashimizdan umidvorman».

O‘sha yili amaldagi shartnomasi muddatini 2019 yilgacha uzaytirgan futbolchi shunday xitob qilgandi: «Tanamda jonim bor ekan, faqat «Atletik» sharafini himoya qilaman!»

Ikki yildan keyin bask yana jarohat oldi va yarim yilni maydon tashqarisida o‘tkazdi. Lekin oyoqqa turib olgach, to‘ppa-to‘g‘ri asosiy tarkibdan joy oldi va jamoaning elitani tark etmasligiga yordam berdi. Ha, «Atletik» tarixida shunaqa davr ham bo‘lgan.

2021 yilda jamoa ikkinchi Superkubok sovrinini qo‘lga kiritdi, lekin eng ko‘p sog‘intirgan zafar hali oldinda edi: joriy mavsumda «Atletik» 40 yillik tanaffusdan keyin Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi. Afsonaviy barjada bo‘lib o‘tgan sovrinni nishonlash bayramida Iker kemaga hammadan avval kirib keldi va kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

Hozir Muniain 31 yoshda, Bilbaodagi 15 mavsumi evaziga o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa (oldinda faqat afsonaviy darvozabon Xose Anxel Iribar) ko‘tarilib oldi. Shuningdek, u jamoa sardori va yosh futbolchilarning rahnamosi.

So‘nggi paytlarda o‘yin amaliyoti pasayib ketgach, Muniain uzoq kutilgan Kubokni qo‘lga kiritganidan keyin «Atletik»dan ketishga qaror qildi. U o‘z faoliyati davomida futbolchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan barcha voqealar - parvozlar va pasayishlar, muxlislar hurmati, og‘ir jarohatlar, turli davrlardagi turli murabbiylarga guvoh bo‘ldi.

O‘zining xayrlashuv maktubida Iker klub rahbariyati, ishchi-xizmatchilar, muxlislar, murabbiylar va jamoadoshlariga minnatdorchilik izhor etdi:

«12 yoshli paytimda Bilbaoga kelgandim. Hozir, qariyb 20 yildan keyin klubni tark etyapman. Asosiy tarkibdagi 15 yillik faoliyatimda o‘zim orzu qilgan 25-Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritganimizdan va uni barjada bayram qilganimizdan behad baxtiyorman».

31 yosh - futbolchi uchun butsani mixga iladigan chegara emas. Muniain futboldagi faoliyatini davom ettiradi. Faqat u shunchaki, Ispaniya tashqarisida to‘p suradi. Maqsadi - «Atletik»ka qarshi o‘ynamaslik. Iker «Nuevo San-Mames»dagi muxlislar xotirasida hayotini shu jamoaga bag‘ishlagan sardor maqomida qolishni istaydi. 12 yoshida «Atletik» akademiyasiga kelgan Iker 15 yoshida asosiy jamoaning o‘rtoqlik, bir yildan keyin rasmiy uchrashuvida maydonga tushdi. O‘zining debyut golidan keyin esa kelajak rejalarini bayon etdi: «Atletik» libosida shunaqa ehtirosli lahzalardan zavq olib, muxlislarimizni xursand qilishdan umidvorman».

Keyin rekordlar «yomg‘iri» boshlandi: klub tarixidagi eng yosh o‘yinchi (16 yil, 7 oy, 11 kun), La Ligadagi eng yosh gol muallifi (16 yil, 9 oy, 15 kun), «Ispaniyalik Messi» va «Superiqtidorli o‘smir» unvonlari sohibi. Natijada yosh iqtidor nomdor jamoalar e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Ayniqsa, «Old Trafford»da «MYU»ga qarshi maydonga tushgan 19 yoshli yarim himoyachi tajribali jamoadoshlaridan ham samaraliroq o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba golini urganida, butun Yevropaga tanildi.

Biroq Muniain o‘zini «Atletik»dan boshqa birorta klub tarkibida tasavvur qila olmasdi. Hatto «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti» va «MYU» variantlari ham uni qoniqtirmasdi. Keyinchalik «Yuventus» va «Tottenxem»ning takliflarini ham rad etdi. Chunki Iker o‘z uyidan uzoqlashishni istamasdi.

Qahramonimiz murabbiylar bilan ham deyarli janjallashmagan, faqat bir marta Marselo Byelsa 2012 yilda kelisha olmay qolgan, lekin mojaro tezda unutilgandi. Arzimas muammolarga Iker e’tibor bermasdi: klub hammadan ustun.

2015 yilda Muniain ilk marta jarohat oldi va ma’lum muddatga jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda qatnasha olmaydigan bo‘ldi: «Sog‘lomlik davringda qadriga yetmaydigan narsalar ham bor. Shunday pallada ularni sog‘inib qolasan». Jarohat tufayli Iker Kubok va Superkubok finallarida maydonga tusha olmadi. Lekin ikkinchi o‘yindagi «Barsa» ustidan erishilgan g‘alabani (5:1) xuddi sog‘lom odamlardek nishonladi, ehtiroslarini tiya olmadi: «Bu mening sportchilik davrimdagi eng buyuk voqea bo‘ldi. O‘sha manzara hanuzgacha ko‘z o‘ngimda: men shahar boshqarmasining ayvonidan «Atletik» libosidagi kishilarning baxtiyor chehralarini kuzatib turganman. Bu ilhombaxsh lahzalar bir umrga xotiramdan o‘rin olgan. Bu tarixiy muvaffaqiyatni tez orada yana takrorlashimizdan umidvorman».

O‘sha yili amaldagi shartnomasi muddatini 2019 yilgacha uzaytirgan futbolchi shunday xitob qilgandi: «Tanamda jonim bor ekan, faqat «Atletik» sharafini himoya qilaman!»

Ikki yildan keyin bask yana jarohat oldi va yarim yilni maydon tashqarisida o‘tkazdi. Lekin oyoqqa turib olgach, to‘ppa-to‘g‘ri asosiy tarkibdan joy oldi va jamoaning elitani tark etmasligiga yordam berdi. Ha, «Atletik» tarixida shunaqa davr ham bo‘lgan.

2021 yilda jamoa ikkinchi Superkubok sovrinini qo‘lga kiritdi, lekin eng ko‘p sog‘intirgan zafar hali oldinda edi: joriy mavsumda «Atletik» 40 yillik tanaffusdan keyin Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi. Afsonaviy barjada bo‘lib o‘tgan sovrinni nishonlash bayramida Iker kemaga hammadan avval kirib keldi va kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

Hozir Muniain 31 yoshda, Bilbaodagi 15 mavsumi evaziga o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa (oldinda faqat afsonaviy darvozabon Xose Anxel Iribar) ko‘tarilib oldi. Shuningdek, u jamoa sardori va yosh futbolchilarning rahnamosi.

So‘nggi paytlarda o‘yin amaliyoti pasayib ketgach, Muniain uzoq kutilgan Kubokni qo‘lga kiritganidan keyin «Atletik»dan ketishga qaror qildi. U o‘z faoliyati davomida futbolchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan barcha voqealar - parvozlar va pasayishlar, muxlislar hurmati, og‘ir jarohatlar, turli davrlardagi turli murabbiylarga guvoh bo‘ldi.

O‘zining xayrlashuv maktubida Iker klub rahbariyati, ishchi-xizmatchilar, muxlislar, murabbiylar va jamoadoshlariga minnatdorchilik izhor etdi:

«12 yoshli paytimda Bilbaoga kelgandim. Hozir, qariyb 20 yildan keyin klubni tark etyapman. Asosiy tarkibdagi 15 yillik faoliyatimda o‘zim orzu qilgan 25-Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritganimizdan va uni barjada bayram qilganimizdan behad baxtiyorman».

31 yosh - futbolchi uchun butsani mixga iladigan chegara emas. Muniain futboldagi faoliyatini davom ettiradi. Faqat u shunchaki, Ispaniya tashqarisida to‘p suradi. Maqsadi - «Atletik»ka qarshi o‘ynamaslik. Iker «Nuevo San-Mames»dagi muxlislar xotirasida hayotini shu jamoaga bag‘ishlagan sardor maqomida qolishni istaydi.

R.Ibrohimov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:39, 17.05.2024.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.