Kirish Ro'yxatdan o'tish

Terzich: "Bu qaror Xummelsga ta’sir qildi"

Terzich: "Bu qaror Xummelsga ta’sir qildi"

Baho:
+ | -

“Borussiya” bosh murabbiyi Edin Terzich “asalarilar”ning 35 yoshli markaziy himoyachisi Mats Xummelsning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning uni Yevro-2024 terma jamoasiga kiritmaslik qaroriga munosabati haqida gapirdi.

"Men bu qaror Matsga ta’sir qilganini his qildim. [Nagelsmann bilan] suhbatdan keyin u juda hafsalasi pir bo‘ldi. Mats menga endi biz katta maqsadimiz – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerakligini aytdi", — deya Terzich so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun kengaytirilgan qaydnomasini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 04:24, 18.05.2024.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик