Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi namoyish etildi

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi namoyish etildi

Baho:
+ | -

FIFA tomonidan o‘ninchi bor tashkil etilayotgan turnir joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Mazkur turnirning rasmiy logotipi an’anaviy va o‘zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. "Tezlik sohiblari" konsepsiyasi asosida yaratilgan brendning mohiyati futzalning tezkor, yuqori templi va dinamik tabiatini aks ettiradi. Rasmiy logotip esa FIFAning futzal bo‘yicha Jahon kubogi sovrini shaklida tayyorlangan bo‘lib, uning yuqori qismidan to‘p va qalampir shaklidagi tasvir o‘rin olgan.

"Markaziy Osiyoda FIFAning birinchi turniri o‘tkazilmoqda. O‘zbekistondagi futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati nafqat futzal tarixidagi muhim voqeaga aylanadi, balki jamoalar va muxlislar uchun ko‘plab qiziqarli va kata sport tadbirlarini o‘tkazayotgan ushbu mintaqa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi" – dedi FIFA turnirlarini o‘tkazish bo‘yicha direktori Jaime Yarza.

"Turnir logotipi juda yorqin ranglarda, jozibador va zamonaviy qilib ishlangan. Unda haqiqiy sharqona va o‘zbekona koloritni his etish, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosi va tarixiy qadriyatlari uyg‘unligi ham aks ettirilganini ko‘rish mumkin” – deya ta’kidladi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov.

Rasmiy brend Samarqandning muhtasham va tarixiy Registon maydonida 26 may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi. Shuningdek, ushbu sanada 24 ta ishtirokchi jamoalar uchun guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Poytaxt Toshkent, Andijon hamda qadimiy Ipak Yo‘lining savdo markazi bo‘lgan Buxoro shaharlari musobaqaga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston esa Gonkong (1992), Xitoy Taypeyi (2004) va Tailanddan (2012) so‘ng futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatini qabul qiladigan OFKning to‘rtinchi mamlakatiga aylanadi.

Kiritildi: 21:15, 20.05.2024.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.