Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ilyos Zeytullayev: "Bugun yutmasak, poyezd ketib qolardi"

Ilyos Zeytullayev: "Bugun yutmasak, poyezd ketib qolardi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasidat o‘z maydonida "Lokomotiv"ni mag‘lub etib mavsumdagi birinchi g‘alabasiga erishgan "Bunyodkor" klubi ustozi Ilyos Zeytullayev ilk 3 ochko, tanaffusdagi holat, darvozabon hamda uslub haqidagi savollarga javob berdi.

"Ochig‘i, hali g‘alaba quvonchi tark etmadi. Futbolchilarga o‘yin uchun, ayniqsa ikkinchi taym uchun rahmat. Bugun futbolchilar shijoat ko‘rsatishdi. Tan olish lozim, bugun raqib bizga qiyinchilik tug‘dira oldi. Birinchi taym aynan Lokomotiv ustunligida o‘tdi. Tanaffus chog‘ida kiyim almashtirish xonasida futbolchilarimizning ko‘zidagi shijoatni ko‘rdim. Shu bois, ikkinchi taymga umuman boshqacha jamoa bo‘lib tushdik. Yo‘ldoshev, Izzatov va Frane ikkinchi taymda jamoamiz o‘yinini belgilab berishdi. Ular paslar orqali raqib darvozasi yaqiniga kela olishdi. Yakunda esa uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik. Futbolchilar haqiqiy jangda g‘alaba qozonishdi.

Agar muxlis bo‘lib stadionga kirganimda bugungi o‘yin menga yoqqan bo‘lardi deya olaman. Ayniqsa, ikkinchi taym davomida ikkala jamoa tomonidan ham jang ko‘rdik. Futbolchilar yangi uslubga tez kirishib keta olishdi. Hali qiladigan ishlarimiz talaygina. Ammo, shogirdlarimning ishga bo‘lgan munosabati meni quvontiryapti.

Lyubich bugun yomon o‘ynamadi. Darvozabon sifatida uning harakatlari menga manzur bo‘layapti. Uni ortiqcha maqtamoqchi emasman, shunchaki u tanqidga loyiq ham o‘yin ko‘rsatmadi. Sarvar haqida ham shunday fikr aytish mumkin. U ham biz uchun muhim o‘yinchi.

Bugun g‘alaba qozona olmasak poyezd ketib qolardi va raqiblarga yetib olish vazifasi qiyinlashardi. Shukrki, bugun g‘alaba qozona oldik. Bugun maydon chetida juda asabiylashib ehtiroslarga berildim, bu albatta xunuk ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Buning uchun uzr so‘rayman. Futbolchilarga oson, ular maydonda ehtiroslarini unutishlari mumkin. Ammo, maydon chetida o‘yinni kuzatish va ko‘rsatma berish murabbiylarga oson emas.

O‘zimni boshqa kuchli murabbiylardek tutmayman. Albatta, ancha yillar avval Gasperini, Sarri kabi kuchli murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanganman. Ammo, meni o‘z qarashlarim bor. Hozir chiroyli o‘yin haqida o‘ylamayapmiz. Hozir biz uchun natija muhim", - dedi Zeytullayev.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:02, 22.05.2024.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик