Moskvaning SSKA va O‘zbekiston terma jamoasining hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayev o‘tgan mart oyi haqida gapirdi.
Shu oyda u qisqa vaqt ichida u "armiyachilar" jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Fedotovning ishonchini yo‘qotdi.
Yosh futbolchi nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib berdi.
"Men yig‘inning ko‘p qismini o‘tkazib yubordim. Qishda jamoa bilan ko‘p birga bo‘lmaganman, murabbiy esa sekin-asta yana jamoaga qo‘shilishimni kutayotgandi. Bu darhol ish bermadi", - dedi Abbosbek Sport24 uchun.