Superliga 9-turining so‘nggi bahsida "Lokomotiv" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Termizliklar 12-daqiqada Anzur Ismoilovning avtogoli evaziga hisobni ochishgandi. 75-daqiqada Abdulazizxon Abdurashidov "temiryo‘lchilar"ga 1 ochko keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
"Lokomotiv" 9 turdan so‘ng 9 ochko bilan 10-o‘rinda. "Surxon" 9-o‘rinda - 9 ochko.