Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

G‘alabaga eltuvchi «tirqish»

G‘alabaga eltuvchi «tirqish»

Baho:
+ | -

Ha, YECHL yarim finalining «Borussiya» D. - «PSJ» dastlabki bellashuvida 31 yoshli Niklas Fyullkrugning yagona goli dortmundliklar g‘alabasini ta’minladi.

Goldan keyin nafaqat mezbonlar, balki mehmonlarda ham imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, hisob o‘zgarmadi va Fyullkrug o‘yin qahramoniga aylandi.

So‘nggi yillarda juda kamayib ketgan germaniyalik klassik hujumchilarning biri yana bir lavhada ajoyib harakati evaziga Marsel Zabitserni to‘p bilan ta’minladi. Biroq Janluidji Donnarumma o‘ta xavfli zarbani bartaraf etdi. ikkinchi bo‘limda Niklasning o‘zi 2-golni urishi mumkin edi, bu safar to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Hujumchi top-jamoa tarkibida to‘p surish imkoniyatiga faqat 30ga chiqqanida ega bo‘ldi - o‘tgan yil yozida «Dortmund»ga o‘tdi. Niklasning debyut mavsumi risoladagidek: Bundesligada 12ta gol, 8ta assist, YECHLda 3tadan gol va assist. Qo‘shimchasiga, u havodagi kurashlarda ko‘pincha g‘olib chiqadi, jamoaning himoyadan hujumga o‘tishida yordam beradi. Eng muhimi, YECHL pley-off bosqichidagi «Atletiko» va «PSJ» ustidan g‘alabani ta’minlagan gollar muallifi ham shu hujumchi.

Fyullkrugning eng yuksak cho‘qqisi - JCH-2022. O‘shanda u Luis Enrike jamoasiga gol urgan

Qatar mundialidagi Ispaniyaga qarshi bahsda kerakli paytda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Niklas o‘z goli bilan Bundestimni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

O‘sha paytlarda «Verder» hujumchisi terma jamoa mutasaddilarining e’tiboridan umuman chetda qolgan, mundialga qadar biror marta ham taklif olmagandi. Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri terma jamoada o‘ynashi kerakligini nemis futboli afsonalari talab qilishgandi. Asosiy tashabbuskor - Lotar Matteus. U 2 hafta media orqali xitob qilgandi: «Xansi Flikning ko‘zi ojiz, deb o‘ylamayman. Fyullkrugning salohiyatini u juda yaxshi biladi. Niklas - zayavkadan joy olishi yaqqol ko‘rinib turgan da’vogar».

O‘sha paytda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Toni Kroos bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi: «Murabbiylar shtabi Fyullkrug nomzodini jiddiy o‘rganib chiqishi lozim. Hozirgi saviyasi bilan Niklas albatta, mundialda to‘p surishi shart».

Niklas qatarda nafaqat to‘p surdi, balki Ispaniya va Kosta,Rika darvozalarini zabt etib, mundial qahramonlari safidan joy oldi. Yulian Nagelsmann davrida esa, Bundestimning yetakchilaridan biriga aylandi: hozirgacha to‘purar 15ta o‘yinda 11ta golni rasmiylashtirdi. Yaqinda biz Fyullening o‘yinlarini nemislar mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 turnirida tomosha qilib, baho berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. YECHLdek nufuzli turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirok uning mahoratini yanada oshirishi va boshlang‘ich tarkibdan joy olishini ta’minlashiga shubha yo‘q.

Fyullkrugga jarohatlar xalal berdi, lekin 30 Yoshda Bundesliganing top  hujumchisiga aylandi

Darhaqiqat, doimiy shikastlanishlar ta’sirida Niklas uzoq vaqt harakat qilishiga to‘g‘ri keldi. U «Nyurnberg»da ham, «Gannover» va «Verder»da ham talab darajasida o‘ynay olmadi. Nihoyat, noxush an’anaga 2021/22 yillar mavsumida, «musiqachilar» 2-Bundesligaga tushib ketishganida chek qo‘yildi. Marvin Dyuksh bilan sermahsul duetni tashkil etgan Niklas sherigi bilan hamkorlikda 39ta gol urishdi. Fyullkrug Dyukshni eng yaxshi sherik sifatida hurmat qiladi. Germaniyada taniqli hujumchilar yetarli. Biroq ularning ko‘pchiligi faqat ikkinchi ligada porlaydilar, 15tadan ko‘proq gol urish u yerdagilar uchun odatiy hol, lekin ular o‘sha sermahsullikni elitada namoyish eta olishmaydi. Fyullkrug - bu ishni uddalay olgan kamdan,kam hujumchilarning biri. Keyingi mavsumida u 16ta gol bilan Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari unvoniga sazovor bo‘lgandi.

Niklas bir necha marta «Verder»ga sadoqatini izhor etgan, faoliyatini faqat Bremenda o‘tkazish maqsadida klub uchun manfaatli shartnomalarga rozi bo‘lgandi. Biroq shiddatli mavsumdan keyin «Borussiya»ning taklifini rad eta olmadi va yozning oxirgi kuni 16,5 mln. yevro evaziga Dortmundga yo‘l oldi. Bremenliklar faqat Diyego, Tomas Dileyni va Mesut Ozilni undan qimmatroq baholarda sotishgan.

Ha, «arilar» joriy mavsumda chempionlikka da’vogarlar safida emaslar, lekin Niklasning o‘zi samarali o‘yin ko‘rsatmoqda: Xarri Keyn darajasida bo‘lmasada, har holda, Sebastyan Allerni zaxira o‘rindig‘iga «mixlab», o‘zining top maqomidagi hujumchi ekanligini isbotladi. Uning YECHLdagi debyuti ham risoladagidek.

Niklasning laqabi - «Tir­qish». Tishsiz maftunkor tabassumi tufayli

Qahramonimizning «PSJ» darvozasiga gol urganidan keyingi tabassumiga e’tibor bering - uning chindan ham maftunkor ekanligini rad etish qiyin.

Germaniyada Fyullkrugni tishlarining g‘ayritabiiy joylashuvi tufayli «Tirqish» deb atashadi. Ko‘pchilik bu laqabni Marko Arnautovich topgan, deb hisoblaydi. Niklasning o‘zi esa bu masalada bosh qotirmaydi: «Meni biladigan kishilar fikricha, bu mening boshqalardan ajralib turadigan jihatim. Rafiqam bilan maktab yoshidan beri tanishman, u men qanday bo‘lsam, shundayligimcha, tirqish bilan sevib qolgan. U uchun hammasi yaxshi bo‘lsa, menda ham hammasi joyida. Ayrim muolajalarni sinab ko‘rdim, foydasi bo‘lmadi. Aksincha, tirqish yanada kengayib qoldi. ehtimol, qachondir tishlarimni tuzatishga urinib ko‘rarman. Agar ilhom kelib qolsa, balki ertaga shifoxonaga borarman».

Fyullkrug tabiatidagi yana bir fazilat - futbolga bo‘lgan samimiy muhabbat. «Verder»dagi maoshlar qisqartilishiga rozi bo‘lganligini u quyidagicha izohladi: «Futbolchining faoliyati 15 yil atrofida bo‘ladi. men shu vaqt ichida imkoni boricha ko‘proq zavq olishni istayman. Ha, pasayishlarga rozi bo‘ldim, lekin hozir ham ko‘p ish haqi olyapman, men uchun yetarli».

Fyulle umuman, o‘zini futboldan tashqarida tasavvur qila olmaydi: «Professional futboldagi faoliyatimni to‘xtatsam, havaskorlar futboliga o‘taman. Men doimo o‘ynashni istayman, chunki uni sevaman».

Bularning hammasi kelajak rejalari. Hozircha «tir­qish» «Dortmund»ga YECHL kubogini olib berishi kerak...

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 27.05.2024.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.