Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Kilianga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U "PSJ" uchun juda ko‘p ajoyib ishlarni amalga oshirdi va men u bilan faxrlanaman.
Kim bilsin, balki bir kun Fransiyaga qaytar. Uning ambisiyalarini bilaman, u boshqa ligada ham o‘zini sinab ko‘rmoqchi edi va u bunga to‘laqonli haqli", - dedi qatarlik funksioner.