Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Qadrlanmagan afsona

Qadrlanmagan afsona

Baho:
+ | -

34 yoshli Tomas Myuller YECHL yarim finalining «Real»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushib, nufuzli turnirdagi ishtiroki bo‘yicha Xavining rekordini takrorladi.

Ya’ni, germaniyalik hujumchi 151ta uchrashuvda maydonga tushdi. Afsonaviy darvozabon Iker Kasilyasning ko‘rsatkichi ham shunday. «Bavariya» hujumchisi bu borada yaqqol peshqadamga aylanish imkoniyatiga ega edi. Biroq uning jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Myuller - g‘aroyib o‘yinchi. Tomas Germaniyaning eng sov­rindor futbolchisi bo‘lsada, butun faoliyati davomida munosib e’tirofga loyiq ko‘rilmagan. U Bundesligada 12 marta chempionlikni bayram qilgan, mazkur «kumush tovoqlar»ning naq 11tasini qatorasiga uzluksiz qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, Myuller milliy terma jamoa tarkibida jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan, 2 marta Yevropa chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Shu paytgacha Myuller «Bavariya» libosida qariyb 800ta uchrashuvda maydonga tushib, 500dan ortiq samarali harakatlarni amalga oshirdi. Tabiiyki, shunday maqomdagi futbolchi yuksak e’tirofga munosib.

Yangi amplua o‘ylab topgan

Gerd Myuller, Rudi Fyoller, Karl-Xayns Rummenigge, Yurgen Klinsmann, Miroslav Kloze - nemis futboli tarixida buyuk hujumchilar yetarli. Tomas ham haqli ravishda ular safidan o‘rin olgan.

Biroq butun faoliyati davomida «Bavariya» tarbiyalanuvchisining o‘yinlari jiddiy e’tibordan chetda qolgandek. Bahs-munozaralarning asosiy qismi Myullerning maydondagi pozisiyasi mavhumligi tufayli yuzaga kelardi. Tomas sof markaziy hujumchi ham, ikkinchi hujumchi ham, hujumkor yarim himoyachi yoki vinger ixtisosidagi o‘yinchi emasdi. U ana shu pozisiyalarning har biridan muayyan jihatlarni o‘zi uchun qurol qilib olgan, hatto o‘ziga xos uslubni ixtiro qilgandek. «Raqib jamoaning o‘rta chizig‘i ortidagi bo‘shliqda faol harakatlanish menga juda yoqadi. Aynan shu hududda o‘zimni erkin his etaman va ko‘proq manfaat keltirishim mumkin. Mening ixtisosim , hujumchi va yarim himoyachining qorishmasi», - deydi Myuller.

Raumdoyterni soxta «to‘qqizlik» ixtisosi bilan chalkashtirib qo‘yish mumkin. Funksional jihatdan, ular bir-biriga juda yaqin. Lekin muhim tafovut shundaki, raumdoyter futbolchining to‘psiz qolgan holda o‘zi uchun qulay bo‘shliqni izlashini anglatadi. U markaziy hujumchi bilan yonma-yon harakatlanib, asosiy vaqtini o‘yindan chetda qolgandek bo‘sh hududni izlash bilan o‘tkazadi. Biroq kerakli pallada xavf­li hududda to‘p bilan paydo bo‘lganida, raqib himoyachilari esankirab qolishadi. Ana shu kutilmagan xavfni yaratish Myullerning yuksak salohiyatidan dalolat beradi.

Tomas o‘zining kamchiliklarini a’lo darajada yashiradi

Raumdoyter pozisiyasiga Myuller o‘zining yuksak mahorati evaziga kelgan emas, mazkur rol ko‘magida futbolchi maydondagi sekin harakatlanishi va boshqa texnik kamchiliklari jamoa manfaatiga putur yetkazmasligini ta’minlaydi.

Gol «hidi»ni va qulay bo‘shliqni yaxshi his etish - Tomasning asosiy ustun jihati. Ana shu fazilatlaridan samarali foydalanishi Myullerga «Bavariya»da Miroslav Kloze, Mario Gomes, Mario Manjukich va Robert Levandovskilarning yo‘qligini sezdirmayapti. Bundan tashqari, Tomas hozir Xarri Keynning sermahsulligiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.

Qahramonimiz o‘yin uslubi o‘ta oddiy rejaga asoslangan - to‘pga imkon qadar kamroq teginish, o‘z vaqtida amalga oshiriladigan tezkor uzatmalar, ideal darajadagi reydlar va xavfli vaziyatlardan unumli foydalanish. Tomas «ofsayd» chegarasida nafis harakatlari evaziga raqiblarini xuddi tajribali shaxmatchilardek ortda qoldirib ketadi. «Yashirmayman, dribling bobida maqtana olmayman. Shuningdek, menga nisbatan yaxshiroq tepadigan va yuguradigan hujumchilar ham yo‘q emas. Biroq salbiy jihatlarim ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, muvaffaqiyatga erishmoqdaman. Sababi, men faqat o‘zim uddalay oladigan ishga qo‘l uraman», - deydi Tomas.

Xo‘sh, nima uchun Myullerning imkoniyatlariga yetarlicha baho berilmaydi?

Javob juda oddiy: futbolda Tomasning jamoa o‘yiniga qo‘shgan ulushini 100 foiz aniqlik bilan belgilab beradigan ko‘rsatkich mavjud emas. Bundan tashqari, Myuller futbol muxlislarida kuchli taassurot qoldiradigan o‘yinchi emas. U o‘z ishini mukammal ado etadigan mehnatsevar yigit, xolos. Uning toifasidagi o‘yinchilarni kamdan-kam hollarda millionlab muxlislar «kumiri» sifatida sport OAV muqovalarida ko‘rish mumkin. Ha, albatta, «Bavariya»da Tomas allaqachon afsona maqomida e’tirof etiladi. Lekin Germaniyadan tashqari joylarda, afsuski, nazar-pisand qilishmaydi. «Mening asosiy yumushim - raqib himoyasidan zaif jihatlarni topish va o‘sha yerda bo‘lish. Texnika va tezlik bobida o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan jahon chempioni bo‘lish va top-klubda to‘p surishni o‘zim uchun g‘ayritabiiy hol, deb hisoblayman».

Yil sayin Myullerning sermahsulligi pasayib bormoqda. Biroq bu uning saviya­siga taalluqli emas. Tomas hamon o‘z ishining ustasi, «bo‘shliq bosqinchisi». Har qanday vaziyatda ham, 7Q10 ko‘rsatkichi 34 yoshli faxriy uchun yomon natija emas. Afsuski, «Bavariya» YECHLning finaliga chiqa olmadi, Myuller esa o‘z faoliyatidagi 3-«shalpangquloq»ni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Ha, nufuzli sovringa atigi ikki qadam qolganda kurashni to‘xtatdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:33, 31.05.2024.
O'qildi: 2759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.