"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Kaka Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shanba kuni "Real Madrid" va "Borussiya Dortmund" kubok uchun kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59'da boshlanadi.
"Real Madrid" muxlisi sifatida jamoa yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga umid qilaman. O‘ylaymanki, bu sodir bo‘ladi", - deya mashhur braziliyalik sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Kaka 2009 yildan 2013 yilgacha "qirollik klubi"da to‘p tepgan, shundan so‘ng u "Milan"ga qaytgan.