Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kojo Joel Qirg‘iziston milliy jamoasi safiga yo‘l oldi

Kojo Joel Qirg‘iziston milliy jamoasi safiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

«Dinamo» hujumchisi Kojo Joel FIFA kunlari doirasida Qirg‘iziston milliy jamoasi yig‘iniga borib qo‘shildi.

Qo‘shnilarimiz JCH-2024 ikkinchi saralash bosqich so‘nggi ikki turi doirasida 6 iyun kuni Bishkekda Malayziyani qabul qilsa, 11 iyun oqshomida safarda Ummon milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi. Qirg‘izlar hozirda D guruhida 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Ummon hisobida ham 9 ochko bor, Malayziyada esa 6 ochko mavjud. Ushbu ikki o‘yindan keyin dastlabki 2 jamoa 3-saralash bosqichiga yo‘llanma oladi. Qirg‘iziston safidagi so‘nggi o‘yinida xet-trikka erishgan Kojoga bu bahslarda omad tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun, 7 may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan «Dinamo» - «Olimpik» o‘yini Temur Kapadzening iltimosiga binoan qoldirilgandi. PFL ushbu bahsni 13 iyunga ko‘chirgan va Kojo 11 iyun oqshomida Maskatda o‘tadigan bahsdan keyin "Dinamo" safiga yetib kelishi lozim bo‘ladi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 00:47, 03.06.2024.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик