Kirish Ro'yxatdan o'tish

Potter Angliya terma jamoasini boshqarmoqchi

Potter Angliya terma jamoasini boshqarmoqchi

Baho:
+ | -

Grem Potter faoliyatini klublar miqyosida davom ettirishga shoshilmayapti.

Angliyalik futbolchi o‘tgan yilning bahorida Londonning “Chelsi” klubidan haydalgan va shundan beri murabbiylikka qaytmagan. Transfer News Live nashrining yakshanba kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Potter klublar takliflariga rozi bo‘lishga shoshilmayapti, chunki u Angliya terma jamoasining keyingi murabbiyi bo‘lishni orzu qiladi. Yevro-2024 yakunlanganidan keyin kelajagi hali aniqlanmagan Garet Sautgeyt "Uch sherlar" boshligidagi lavozimni tark etishi mumkin.

Grem Potterni hozirda “Ayaks” va “Brayton” o‘z safiga chorlamoqda, 49 yoshli mutaxassisga “Manchester Yunayted” ham qiziqayotgani taxmin qilingandi.

Kiritildi: 08:52, 03.06.2024.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик